Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


-MAVZU: Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmat ijodi hamda o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə25/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
2 5310107710040059096

6-MAVZU: Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmat ijodi hamda o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Quddus Muhammadiy hayoti va ijodi haqida.
2. Quddus Muhammadiy ijodining yetakchi xususiyatlarin va mavzu0 ko’lami.
3. Qudrat Hikmatning hayot yo’li.
4. Shoir she’rlari tahlili va tarbiyaviy ahamiyati
Nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham sevimli ijodkori, XX asr o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy asli qishloq xo‘jaligi sohasi bilimdoni bo‘lgan.
Quddus Muhammadiy o‘rta maktabni tamomlagach, qishloq xo‘jaligi bilim yurtida, sal o‘tib O‘rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil olgan.
Ijodga, ayniqsa, bolalarga bo‘lgan mehri uni shoir qildi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Quddus Muhammadiyning ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etilgan. Keyinchalik uning “Sandal va pechka”, “O‘z-o‘zini tanqid” kabi mashhur dostonlari yaratildi.
Quddus Muhammadiy 1941 – 1944 yillarda taniqli baxshi – Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi she’riy to‘plami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so‘ng “O‘quvchiga esdalik” (1947), “She’r va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq o‘g‘il va qiz” (1951), “Bizning do‘stlarimiz” (1952), “Sen tug‘ilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon do‘stlar” (1953), “Qo‘ng‘izboy bilan sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi o‘ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi.
Fidoiy shoir faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining jonkuyari va targ‘ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Uning “Bolalar adabiyotining yanada ravnaqi uchun” (1961), “Bolalar adabiyotini o‘rganaylik” (1963), “Ilhom bilan” (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir.
Quddus Muhammadiy tarjima sohasida ham o‘zini sinab ko‘rdi. Uning jahonning mashhur adiblari S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K.Chukovskiy asarlaridan qilgan tarjimalari o‘zbek bolalar adabiyoti uchun katta ahamiyatga ega badiiy tarjima namunalaridan bo‘lib qoldi.
Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o‘quvchilarni samimiy sevadi, o‘z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. “A’lochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzuyim”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa she’rlari shunday o‘quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Shoir ijodining yana bir muhim qirrasi yengil hajvni badiiy adabiyot bilan uyg‘unlashtiradi. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo‘li tilga kirdi” kabi ko‘plab she’rlarida bolalar fe’lidagi yomon odatlar ayovsiz tanqid qilinadi.
Uning ijodida mehnatga muhabbat mavzusi alohida o‘rin tutadi. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa she’rlarida mehnat shukuhi jaranglab turadi.
Tabiat go‘zalliklariga ulkan muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. U maktabda muallimlik qilib yurgan paytida “Bargjon”, “Momaqaymoq”, “Qoqi o‘t”, “Bog‘imizda bir nok bor”, “Tut”, “Tolim gulladi-yu nega meva tugmadi?”, “Tok daraxti bir xil-u, uzumi nega har xil?”, “Shaftoli doktor”,”Asalari va Ahmadjon” kabi she’rlarini yozdi.
Shoirning to‘rt kitobdan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi o‘z vaqtida mashhur bo‘lib ketdi. Tez orda “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq og‘zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topti va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning “Qanotli do‘stlar” nomli she’riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U 1977 yili O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlandi.
Bolalarning buyuk va kamtarin shoiri Quddus Muhammadiy 1997 yil 22 iyunda Toshkent shahrida vafot etdi.
Qudrat Hikmat she’riarming badiiy-tasviriy xususiyatlari (1925-1968). Qudrat Hikmatning bolalar shoiri sifatidagi qirralari rang-barang. Uning badiiy olami nihoyatda boy. Shoirning so‘z va topilmalari, o‘z fikrini badiiy tamsillar yordamida obrazli ifodalash orqali betakror badiiy nutq yarata olish mahorati o‘ziga xos uslubini belgilaydi.

U o‘quvchilik chog‘lardayoq, Q. Muhammadiy rahbarligidagi ljodkorlar to‘garagiga qatnagan. 1945-yiIdan Qudrat Hikmat she rJan o‘sha davrmatbuotida nashr etila boshlagan. 1947-yilda esa Oybek tavsiyasi bilan xalq og‘zaki ijodini puxta o‘rganisii maqsadida Samarqandga borib, Islam shoirning kotibi sifatida ish boshlaydi. 1950-yilda yosh shoirning ilk kitobi “Mening Vatanim” nomi bilan nashr etildi. Shun dan so‘ng Qudrat Hikmat nafaqat matbuotdagi chiqishlari, balki birin-ketin chop qilingan “Baxtli bolalat”(1951), “Obodlik”(1954), “Do‘stlik”(1955), “Moskvaga sayohat”, “Chirchiq”, “Ilonshoh va uning amaldori Ari haqida ertak”, “Uch o‘rtoqning sovg‘asi”, “Soatjonning soati”(1964) kabi she’riy to‘plamlari orqali tanilib bordi. Qudrat Hikmatning mehnat faoliyati ham asosan,bolalar matbuoti va nashriyotlarida kechgan. Qudrat Hikmat she’rlaridagi link qahramonlar obrazi, umuman bolalik olami ifodasi keng va mo‘l. Ularning ko'pchiligi juda kichkina, hatto endi tili chiqqan-u shunda ham o‘z mulohazasiga ega. Shoirning “Ajoyib’ she’ri shu jihatdan e’tiborli. She’rda lirik qahramonning kechinmalari kichkintoy qizaloqning fe’l xarakter xususiyatini eng yorqin detailarda izohlay olishi orqali teranlashadi. U qizniiig do‘mbillab yurishini, chug‘urlashini behuda ta’kidlamagan. Demak qizchasi endi 3-4 yoshga kirib, biyron gapirishga o'tayapti. Ammo hali na o‘ simliklar va na tabiat hodisalarmi yaxshi tushunmay di. Shu sababli osmondagi quyoshni ham o‘zining qolidagi pufagi kabi tasavvur qiladi: Talpinib der quyoshga Qarang ular katta shar Ustlariga o'rashib Qo‘yishibdi tilla zar Unga o‘rtoq yuboray Qulog‘iga gul taqib Bog‘imizdan ketmasin Boshqa yoqqa uloqib. Qizcha o"z pufakiga gul taqib, yuqoriga uzatmoqchi. Quyosh boshqa yoqqa uloqib ketmasin tag' ni, degan xayol uni bezovtalantirgan. Shoir lirik qahramon tiiidan qizchadagi ana shu holatni yorqin tasvirlaydi. Qudrat Hikmatning ko‘pgina she’rlarida bolalar tiiidan hikoya qilish ustuvor. Shoir she’rlarini mutoiaa qilgan kattaiar ham beixtiyor


bolalar dimyosining sirli olamiga kirgandek his qiladi o‘zini. “Yomg'ir va men” she’rida buni yaqqol ko‘rish mumkin: Asfaltyoidan kelardim Uyim ham yaqin Bo'ldi momaqaldiroq Chaqnadi chaqin Yigiab tuya bulutlar Qochdilar qirga Y oi yarqirar oynadek Uchrab yomg‘irga Men o‘zimga qoyilman Bosib ancha y o i Botinkam yap-yangiday Boimapti hech hoi. Qudrat Hikmat bola tilida uning dilidagilami shundaygina qofiyaga sola olgan. Bulutlami tuyaga o‘xshatilishi, ulaming qirga qarab qochishi esa aynan kichkintoy tasavvurlariga xos. Muhinii, bolajon botinkasining yomg‘irda yap-yangiday boiishidan behad xursand. Bu detal shoirning kichkintoylar istagi va sodda tasavvurim yaxshi bilganligidan dalolatdir. Qudrat Hikmatning bolalar uchun yozilgan ko‘pgina she’rlari kitobxonlami o‘ylantiradi, ulami fikrlashga, hayot haqida mulohaza etishga da’vat qiladi. Jumladan, “Nok nusxa lampochka”, “Qalpoq kiygan askarga,o‘xshaydi mix polvon ham”, “Tog‘dan kelar pildirab, ariqlarda shildirrab”, ’’Serhosil, qaychi bargcha, xuddi bir qarich archa” kabi satrlari ko‘p jihatdan sodda topishmoqlarga o‘xshaydi. Shoir she’rlarining badiiy olami ulardagi rang-barang tasviriy ifodalar, obrazlar orqali ko‘zga tashlanadi. Masaian, “Bahor” she’rida o‘ziga xos topilmalar mavjud. Uchib yurar mayin shamollar
Yelpib-yelpib anhor yuzini
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna suvda ko‘rar o‘zini
Tong yellari o ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar
Maysa o‘tlar tebranib sekin
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlaming og‘zida cho‘p-xas,
In qo'yishar tutlar ustiga
Ko'kni quchgan teraklar to‘ymas
Oro berar kulrang po‘stiga.

She'mi o'qigan har qanday kitobxon uning estetik tasviri va jozibadorligini darrov ilg‘aydi. Bolalar she’riyatida fasllar to‘g‘risida ko‘plab she’riar bitilgan. Ammo shoir bahomi shunday tasvirlaydiki, natijada she’ming har bir misrasida yangi-yangi obrazlar jilolanadi. Bunda shoir tashxis san’atidan mohirona foydalanib, ko‘k!am obrazini qaytadan inkishof etadi. Natijada, bahor o‘ziga oro, zeb berib, husnidan sarxush boigan go‘zal qiz timsolida yaxlit umumlashma obrazga aylanadi; tonggi shabboda, tol, maysa, o‘t-o‘ianlar, chinor va teraklar bir-birlarini kuzatadilar, ilhomlanadilar, yoki o‘zlarini yelpiydilar. Bunday tasviriy usul o'quvchilaming xayolot olamini yanada kengavtirib, musholiadalashga oigatadi. Shu bilan birga, yosh avlodga tabiat va jamiyat o rtasidags o‘zaro aloqadorlik va o'xshashlikru anglashga yordamlashadi. Qudrat Hikmat bolalar shoiri sifatida she’r ohangdorligiga katta e’tibor beradi. Uning “Eshak nega hangraydi?” she’rida dolzarb ijtimoiy g‘oya ham aks etgan. Sher bir kuni o'rmonga filni, tulki, kiyik, eshak va cho‘chqani chaqirib majlis qiladi. Ularga savol tashlaydi: - Qaysi hay von dunyoda Kuch-quwatda ziyoda? Boshqa hayvonlar nima deyishlarini bilmasdan, o‘ylanib qolishganda,”Eshak hangrab tepib yer: - Ho men, i-ho men der.” Sher uni chindan ma’qullab: “mayli, sen zo‘r, ko‘p kuching!” - deydi. Sher yana: - Qaysi hayvon dunyoda Go‘zallikda ziyoda? !deb savol berganida, na boisiq, na jirafa, na kenguru biror marta gapga og‘iz ochmay, eshak yuqoridagi javobni qaytaradi. “Xo‘p, sen ko rkam”, - deb qutuladi sher. Nihoyat, Balisda go‘yo tong otar, Sher so‘ng marta so‘z qotar: - Dunyoda eng ahmoq kim? Majlis ahli qolar jim Bu gal ham el burundan Eshak turib o‘rindan - I-ho men, i-ho men! - der


- Ha, sen о‘zing! - deydi sher. Demak, shoir alimoqlik belgilarini eshak xatti-harakatlari misolida aks ettiradi, Zukko o‘quvchi slie’rdagi kinoyani tez payqaydi. Jamiyatda, uisortlar orasida G‘zim dono sanaydigan nodonlar ko‘pligi va ularning kulgili ahvoli haqida xulosa chiqaradi. Kamtarinlik insonga kamol bagishlashiga iqror boiadi. Zotan, shoirning g‘oyaviy maqsad'i ham shu. Qudrat Hikmat she’riyatning badiiy xususiyatlari serjilo, shoir fikrlami rassom singari cliizayotganga o xshaydi. Qudrat Hikmat ‘ilon shoh bilan uning amaldori Ari haqida ertak” nomli she’riy-adabiy ertakda esa folklor motivlaridan keng fcydalangan. Buni shoir quyidagicha e’tirof etadi. Yangi emas bu ertak, Tinglang aytib beraman, Uni xalqdan olgandim, Xalqqa qaytib beraman... Darhaqiqat, shoir bu adabiy ertakni yozishda xalq rivoyatiga asoslanadi. Ammo uni ifodalashda, obrazlarni tasvirlashda, voqea syujetini bayon qilishda bolalarbop ohang, sodda tilni asos qilib oladi. Shoir ertak rivoyat boshlanmasida dastlab, ilon, bo‘n, tulki kabi hayvonlar fei-atvori, yashash larzini ham bayon qiladi. Shuningdek, qovoq arining “ayg‘oqchiligi”ni uzun kun g‘un-g‘unlab turli mish- mishlami shohga vetkazishi, hukmdor shoh Iloiming tulki kabi hiylakorlar ichida qanday siyosat yuritishni birma-bir ta’kidlab otadi. Xalq rivoyatiga ko‘ra, lion ariga eng shirin qonni aniqlashni buyuradi. Ari barcha jonzotlarning qonini birma-bir totib chiqqach, eng mazali qon insonning tanasida oqayotganini bilib oladi. Bu xushxabami Ilonga yetkazish uchun shoshilib ketayotgan ariga duch kelgan qaidirg‘och bu maiumotni sevinch bilan qarshi oladi va tilidan o‘pish bahonasida arining tilini uzib oladi. Shundan buyon ari nuqul g‘ung‘illaydi, qaldug och esa inson tepasida in qo'yib, osovishta yashaydi, deyilgan inonch mavjud. Bu syujet Qudrat Hikmat she’riy-adabiy ertagida yangicha talqin, qo shiracha voqealar va obrazlar bilan to ldiriladi hamda she’riy ifodalanadi. Shoir bo‘rining yovuzlik, tulkinmg ayyorlik qirralarini xalq ertaklari an’anasiga tayanib teranroq ochib beradi.. Masaian, hukmdor shoh vaziri-tulkini yurtni kezib, yerning xayrixohligini, sir-asrorini bilib kelishga yuborganida, tulki o‘z odati bo‘yicha ish ko‘radi. Awal qo'raga ko‘z olaytiradi, g‘ozni yemoqchi bo'Iganida, it vovullab huradi. Shunda odamlar uni ushlab, kaltaklab uradilar. A rang qutulib qolgan tulki odamga nisbatdan kekini unutmaydi. Yoki Ilonshoh dolga qolib, betob bo‘lganda tulki paytdan foydalanadi: qovoq ariga eng shirin qon topib kelish ami ini buyuradi. Garchi adabiy ertak xalq rivoyatidagidek yakun topsa-da, arining qon ta’mini aniqlashdagi sarguzashtlari, ari va qaldirg‘och, qaldirg‘och va lion shoh muloqotlari yorqin voqealar ta’sinda jozibador hikoya qilingan. Natijada asar nihoyasidagi g‘oya tarbiyaviy xarakter kasb etadi: lion xilvatda baqa ovlaydi. Yuzi shuvut tulki esa har joyda pisib yuradi. U qush, odam bor joyda qorasini ko‘rsatinaydi. Ammo: Katta-kichik qaIdirg‘och, Uchib keng yer kaftida Yashar ekan shod-inoq. Har xonadon shiftida, Hanuzgacha insonlar, Uni chorlab qoshiga, Sof dilligi tufayli, Ko‘tarishar boshiga. Binobarin, xalq rivoyatidagi aqida she’riy ertakda yanada ta’sirchan tarbiyaviy g‘oyalarga boy tarzda aks etgan. She’ny ertakda fabula o‘zgarishsiz saqlansa ham shoir g‘oyaviy maqsadini allegoriya va antropomorfizm usullari vositasida ifodalaydi. Ya’ni, tulki, arining xatti-harakatlarida kinoya, istehzo yarq etib ko'zga tashlansa, haj'vonlar va qushlaniing o‘zaro so‘zlashuvida. ulaming hukmdor, vazir, soqchi va ayg oqchi kabi vazifalarui bajarishida insonga xos xususiyatlar mujassamdir, Bu esa o‘z navbatida, Qudrat Hikmat asarida ham ma’rifiy-axloqiy maqsadlarni singdirish imkoniyatiiii bera olgan. Zotan, bu kabi she’ny-adabiy ertaklar nafaqat xalq rivoyatlari talqini nuqtayi nazaridan diqqatga sazovor, balki, ular orqali bolalarga jainiyatdagi turli toifali insonlaming xarakter xususivatlari, munosabatlari mohiyatini real ifodalashi bilan ahamiyatlidir. Qudrat Hikmat bundan tashqari, "Chovkar”, “Toshbaqalar hujumi”, ”Qum ostida qovunlar” kabi she’riy ertak lari da ham xalq og' zaki ijodining uyoxud, bu qirrasi zamonaviy masalalar omixtaligida talqin etiladi.
93
Zotan, Qudrat Hikmat she’rlaridagi voqeabandlik, obrazlilik qofiyalaming ixchamliligi, hatto, sodda tuzilishi, til xususisyatlari - barcha-barchasi shoir she’rlarinmg g‘oyaviy-badiiy emotsion;iiligini oshirishga xizmat qiladi. Hamchunin, Qudrat Hikmat she’rlarini o‘qib ulg'aygan o'quvchi o‘z ona tilimiz boyliklaridan voqif bo‘lib, badiiy so‘z qudratini teran his etadi, Vatan va yurt iftixori bilan yashaydi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin