Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Quddus Muhammadiy (1907-1997) - bolajonlarning tabiatshunos shoiri



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə22/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
2 5310107710040059096

Quddus Muhammadiy (1907-1997) - bolajonlarning tabiatshunos shoiri. U butun umrini, ijodini kichkintoylaming katta adabiyotiga bag‘ishlab, XX asr o‘zbek bolalar she’riyatini mavzu mundarija hamda janriy xilma-xillik bilan boyitdi. Shoir ijodi o ‘tgan asming 30-yillaridan boshlab, yangi asr arafasiga qadar sermahsul tarzda davom etdi. Shu davr mobaynida shoir she’rlarini bog‘cha bolasidan tortib, maktabni tamomlayotgan o'spinnlargacha birdek sevib o‘qigani, qo‘shiq qilib kuylagani rost. Q. Muhammadiyning alohida chop etilgan she’riy to'plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, birgina maktab darsliklaridan keng o'rin olgan she’rlarming o ‘-ziyoq, uning ijodi serqirra, zavqovarligidan dalolat beradi. Muhimi, ana shu ehtiros hali-hanuz so‘ngani yo‘q. Shoir she’rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdek, sevib o'qiimoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o ‘zining yangi qirralari bilan toiishib bormoqda. Shoirning ilk bor maktabga qadam qo^yayotgan kichkintoylarga bag‘ishlangan va H. H. Niyoziyning “Maktab” she’riga hamohang dialog tarzda bitilgan she’nda kichkintoy link qahramonning quvonch va g'ururini shundoqqina tuvish mumkin:
Diunyoda eng sevgan joying
Qayer? - dedi. Dedim: — Maktab.
Sababin ayt, - dedi, dedim: -
0 ‘rgatadi ilm-u adab.
Oita-onam sevsa meni
Qo‘zichog‘im, quvonchim, deb.
O'qituvchim sevar meni
O‘quvchimham a’lochim, deb.

Shoirning talay she’rlarida shu kabi o ‘quvchi va o qituvchi munosabati, maktab hayoti, undagi jo ‘shqin bolalik olami yetakchi mavzu hisoblanadi. Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo'lgan asosiy xususiyat uning asarlarida badiiylik, ma’rifiylik va tarbiyaviylikning uyg‘unligi,- chambarchas bogianib ketganligidadir. Shoir asarlarining yetakchi mavzulari Ona-Vatanga muhabbat, a’lo o'qish, fan va texnikani egallash, xulq-odobda kamolotga intilish singarilarda namoyon bo‘ladi. U har bir she’rini bevosita bolalar hayotidari olib yozishga intiiadi, kichkintoylami a’lo o‘qishga, kasb-hunar o ‘rganishga, odobli va rnehnatsevar boiishga chorlaydi. Uning ijodiy olami rang-barangligi, qamrovi kengligmi to‘plamlari nomidanoq bilish mumkin. Jumladan, muallif o cz she’rlarini "Oftob, Yer, Suv, Havo", "Dov-daiaxt mehrigiyo yashil do‘stlar", "Yerdagi jonu jondorlar", "Qanotlilar" hamda "Odam va maqollai" sarlavhalari ostida besh guruhda jamlab, 1971-yilda "Tabiat alifbesi" nomi ostida nashr ettirgan edi. Zotan, Q. Muhammadiyning o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida ilk bor besh kitobdan iborat yaxlit majmua yaratish an’aimsining o‘ziga xosliklari, tabiat alifbesidan saboq beruvchi izchil tizimga ega. Shoiming besh she’riy kitobi inson va uning hayoti, inson va uning tevarak-atrofida yashovchi qushlar, hayvonlar, hasharotlar, inson va uning nabotot olami, osmon jismlari, yerdagi narsalar bilan munosabati mohiyatini bolalarga xos qarashlar zamirida badiiy talqin qilishga yo ‘naltirilgan xilma-xil janrdagi asarlar silsilasini qarnrab olgani, shu jihatlariga ko‘ra u o ‘zbek bolalar she’riyatidagi betakror hodisa ekanligi diqqatga loyiq. Kaptarning "g‘uv-g‘uv" xonishi-yu nomi mazmunining poetik sharhini ifodalovchi so zlarda shu xonishga ohangdosh tovushlarning faolligi qush haqidagi tasavvumi uyg‘ota oladi:


Kaptarim deydi g ‘uv-g‘uv,
G‘uv-g‘uvlab nima der u?
Kaptarimning so'zi bu,
Kaptar so‘zi qizig‘-u
G‘uv-g‘uv degani o‘quv,
0 ‘quvga kerak uquv,
Kaptar maktabi yo‘g -u .
Kitob - daftari yo‘g -u .
G‘uv-g‘uv so‘zi - maktabi,
Daftar, qalam, kitobi.
Uni o ‘qib der g ‘uv-g‘uv,
G‘uv-g‘uvning ma’nosi shu!


Diqqat qilinsa, butun she’r vujudidan kaptar ovozi taralayotganday, kaptar ovozini ifodalovchi g ‘uv-g‘uv taqlidiy so‘zi satrlar oxiridagi ”u-bu", "o‘quv-uquv", "yo‘g‘-u" va "shu" so‘zlari hosil qilgan ohangdoshlik asosida shunday vaziyatini yuzaga keltirgan, qolaversa, shoir o ‘quv va uquv so‘zlar orqali kaptar "g‘uv-g‘uv"i ma’nosiga ishora qilib, kutilmagan didaktik ma’noga ishora qiladi, ya’ni kaptar daftar-u kitobidagi so‘z "g‘uv-g‘uv" boiib, ma’nosi "o‘qio‘qi" demoqchi boladi. Tabiat va jamiyat o ‘rtasidagi munosabatni tushunmaslik tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelganini endilikda yaqqol anglab yetmoqdamiz. Q. Muhammadiy esa qariyb yarim asr ilgariyoq yosh avlodga bu haqiqatni uqdirmoqchi boigan. Shoir o"zining o'ynoqi ohang va jarangdor so‘zlari zamirida ham tabiatning qadr-u qimmatini anglatmoqchi ekani anglashilib turadi. Shu sababli shoir yurtimiz tabiati, fasllarining go'zalligini berilib tasvirlash bilan o quvchicia 64 go‘zallikni sevish hissini tarbiyalaydi, o‘z fikrlarini tabiat tasviri, ko‘rinishlari va fasllari orqali jonlaiitirib beradi. "Bahor ostonasida", "Bahor keldi", "Bahor meni chaqirar", "Bahor bilan so‘zlashdim" turkum she’rlarida bailor kelishi bilan tabiat uyg‘onisliii, dala-dashtlar dehqonlar mehnati bilan yanada yashnab, ko’rk ochishi yorqin tasvirlar, poetik epitetlar, o ‘xshatish va jonlantirishlar vositasida go‘zal badiiy bo'yoqlarda tasvirlasa, "Qish ham chiroyli", "Qish ertasi", "Qish boboning hazili" she'rlarida qish fasii go ‘zalliklarini yosh kitobxon nigohi bilan kashf etadi. Quddus Muhammadiy 1941-45-yillarda Islom shoiming kotibi bo'lgan. Ta’bir joiz boisa, ushbu xalqonalik shogirdga ustozdan ko‘chgari boiib, xalq og'zaki ijodi donoligining shoir ijodiga samarali ta’siri dalolatidir. Binobarin, shoir xalq qo'shiqlari ritmidagi o ‘ynoqilikni yuzaga keltirgan vositalami his eta boshladi, xalq afsonalari, rivoyat, naql, ertak va topishmoq janrlariga xos shakl, syujet motivlari va ritmidan ijodiy ilhomlanib, o ‘zbek bolalar epik poeziyasini folklorizmlaming xilma-xil jilolari bilan boyitdi. Natijada, “Tovuq nega qaqillaydi?”, “X o‘roz nega qichqiradi?”, “Mushuk nega pixillaydi?”, “Olahakka og‘zidan tug‘ar emish”, “Hakkavoyning xom xayoli”, “Bulbul bilan mayna qissasi ', yuzida nega dog‘ bor?”, “Tentak soy”, “Biuvi va sandiq” qissasi, “Tut daraxti va ipak qurti tutilishi”, “Zag‘izg‘ori”, “Toshbaqa” singari she’riy afsona va she’riy rivoyatlar, “Bir mayizni qirq bo‘lib” she’riy naqli, “Bir o ‘zboshimcha chumchuq haqida”, “Qo‘ng‘izoy biian Sichqonvoy”, “Sandal va pechka”, “Chivin urushqoq va shamol botir”, “Oltin daraxt”, “Dono bobo va bir yuz besh pahlavon o‘g ‘il va qizi an haqida ertak”, “Ola bola va a’lo bola qissasi”, “Bog'bon chol uch xum ertak aytganmish”, “Erkinjon oyga chiqibdi”, “Adashgan bola qissasi” kabi she’riy ertaklar hamda “Oltin olov, shii in palov va yashil qozon haqida topishmoq” she’riy ertak-topishmog‘idan iborat oraliq janrlardagi asarlari dunyoga keldi. Bundan tashqari, Q.Muhammadiy topishmoqlaming janriy xususiyatlaii va kompozitsion qulayligidan foydalanadi; miuntoz she’riyatimizda mavjud chistonnavislik an’analarini ijodiy rivojiantirib, “Toping-chi?”. “Viz-viz”, “0 ‘ylab top”, “Вши toping, bolalar, aytib bertnang onalar”, “Buni toping bolalar5' kabi qator she’riy topishrnoqlarini yaratadi. Shoir topishmoq janri imkoniyatlaridan keng miqyosida foydalanishni ko‘zlab, bolalami ijtimoiy voqelikka faolroq aralashtiradigan va shu xususda fikr yuritishga da’vat etadigan topishmoq-she’r va topishmoq-ertak singari oraliq janrlarda quvnoq asarlar ijod qildi. “Bir o ‘zboshimcha chumchuq haqida” she’riy ertakda esa ishyoqmaslik, dangasalik va o‘ziboshimchalik bilan yashashni xohlab, safdoshlari yonidan ketgan va yolg‘izlikka mahkum boigan chumchuqcha fojeasi orqali axloqiy saboq berish ko‘zlangan. Erta bahordan barcha chumchuqlar in qurish niyatida tizilishsa, o'zboshimcha chumchuq esa:
Tayyor kavak inlar ko‘p,
Hammasi o'zimniki.
Nima kerak in qurib,
Bir kichik so‘qqa boshim
Qayga borsam sig‘ aman,
In qurishning o ‘miga,
Yallo qilib yuraman,

deya ularga qo‘shilmaydi, ular qayta-qayta chaqirsaJar-da, qaysarlik qilib, “chirq-chirqlab” sang‘iydi. Shoir uning o‘zboshimcha sang'ishlarini ham kulgili qilib tasvirlar ekan, nojo‘ya xattiharakatlariga salbiy ma’no yuklaydi. U na onasining, na jamoadoshlarining gapiga kirmay, “bir zumda shahami chir aylanib” hali tegirmonga kirib, so‘ramay don cho‘qibdi, hali “biletsiz” tol shoxida turib kino ko‘ribdi, hali tayyor in maza deya pechka karnayiga kirib, is - qurumga belanib, kalta fahmlik bilan beparvo yuraveradi. Uni bu ahvolda ko‘rgan chumchuqlar “bu irkit qush qanday qush” deya undan jirkanib, o‘zlarini uzoqroq tutadi. Shunday bir vaziyatda o‘zi yakkalanib qolganini sezadi-da, ishlayotganlarga qo'shilish u yoqda tursin, hatto horma deyishni-da xayoliga keltirmabdi. Shunda hayron boiib o ‘ziga: - Mendan do‘stlarim bezor,


Gunohim nedir buncha?!

- deya Musicha oldiga borsa, u chumchuqchani tanimay :


- Ovozingdan chumchuqsan,
Namuncha botding kirga?
Afti-angoring qora,
Hammaning qochgani rost.
Yuz-ko‘zing qasnoq - yara,
Patlaring ham to‘zg‘igan.
Is bosgan, kir, g‘ ijmaloq,
Ustingga qarab bo‘lmas.
Hech bir joying emas sog‘,
Patlaring taramabsan,
O'zingga qaramabsan.
Yaxshisi hozir, bolam,
Daryoga borib cho'mil,
Yuvin, tozalan,
Tozalaiiib, so'ngra kel,

- deydi. Chumchuqchaga choinilishdan o‘zga chora qolmabdi. U cho'milib kelibdi-da, Musicha xola shundan so‘ng uni tanibdi, boshqa chumchuqlar ham endi undan hurkmay, yaqiniga kelib, shuncha vaqtdan beri qaydaligini so‘rashsa, u hamon o ‘sha karnay uyini maqtashdan qolmay, bizning in tayyor issiq, ko‘kka qarab turibdi, lekin sizlaming inlaringiz hanuzgacha bitmaydi,n - deya pisanda qilishda davom etibdi. Ishlayotgan chumchuqlar unga parvo qilmay, in qurishni davom ettiraveribdilar. Ulammg bu ishi chumchuqchaga ta’sir etsa-da, boshida qo‘shilmasligini esga olib, “Yalinmayman!”- deya o ‘z so'zida qat'iyat bilan turaveribdi. Lekin ich-ichidan boshqa chumchuqlar ishiga qoyil qola boshlabdi. Warning chiroyli uylariga suqlana-suqlana, oxiri van a uchib daydiligiga ketibdi. Nihoyat, jig ‘ildonini toidirib, yana o ‘sha kamay iniga kirib uxlaganida Undan olov - dud chiqib, Abgor bo‘pti bu safar.


Qosh, pari kuyib ketdi,
Tashqari g ‘iz-g‘iz sovuq.
Chumchuqcha qip yalang'och,
Egnida par to‘ni yo ‘q.
Kuygan a’zo-badani,
Achishardi jizillab.

Shundagina u o ‘z nojo‘ya xatti-harakati haqida o ‘y!ashga majbur bo‘Iibdi: Ko‘pchilikning qadri ko‘p,


Chumchuqchaga bilindi.
Yolg‘izlik yomon ekan,
Boshiga tushib bildi.
Xatosin tushunibdi.
Dildirab, о ‘lay deb turganida
Musicha xola joniga oro kiribdi.

Ota-ona umg‘i bundan xabar topib, Musicha xolaga uni asrab olgani uchun minnaitdorchilik bildirib, “gap uqmas о 'jar bola”sini o‘z inlariga olib ketishibdi: Chumchuqcha esa:


- Ayrilmayman sizlardan.
Ta’zirimni xo‘p edim,

- deya tavba qilib, ko‘pchilikdan uzr so'rabdi. 0 ‘shandan beri u jamoasidan ayrilmay, birga yurib, birga ishlarkan... Quddus Muhammadiy o ‘zbek bolalar she’riyatming sohibkori darajasiga ko‘tarilib, uni tom ina’noda yangi mavzular va g ‘oyalar, yangi badiiy shakllar va obrazlar, yangi tasviriy vositalar va uslublar bilan boyita olgan. Uning asariari yigirmadan ziyod tillarga tarjima qilinib, S. Marshak, A. Barto, S. Mixalkov singari bolalar shoiriari e’tiborini qozondi. Aslida, badiiy asaming umrboqiyiigi uning liar bir avlod tafakkurida yangicha bo‘y ko'rsata olishi, serqirra ma’nomohiyat kasb eta olishi bilan belgilanadi.





Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin