O‘zbek Bolalar adabiyotida, ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurg’ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Sa’dullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Jo‘raning "Zangor gilam" va "Qaldirg’och" singari adabiy ertaklari xalq og‘zaki ijodi an’analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar. sirasiga kiradi. 30-yillarda o‘zbek bolalar she’riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi. Agar 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari ko‘proq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targ’ibiy tashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-yillar Bolalar adabiyotida ko‘proq xalq og’zaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yo‘q edi
G’AYRATIY (1902-1976)
Y angi davr, o’zbek adabiyotining tug’ilishi va shakllanishida ulushini qo’sha olgan adiblardan biri G’ayratiy — Abdurahim Abdulla o’g’lidir. U 1902 yilda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi.
Uning otasi o’qimishli, adabiyotga qiziqqan kishi bo’lgan. Onasi erta qazo etgan bo’lib, yosh Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qo’lida tarbiya topadi. Uning adabiyotga qiziqishi ham aya aytgan ertaklar orqali paydo bo’ladi.
1912-1915 yillarda u avval eski maktablarda, so’ng madrasalarda tahsil oladi. Shu yillarda u Navoiy, Muqimiy, Furqat asarlari bilan ilk bor taninishadi. Oktyabr to’ntarshidan so’ng Toshkentdagi (Xadra) «Namuna» nomli maktabning o’qituvchilar tayyorlash kurslarida o’qiydi, so’ng xalq maorifi sohasida ishlaydi. Bo’lg’usi adibning ilk she’ri 1921 yilda «Bolalar haftasi» nomi bilan «Qizil Bayroq» gazetasida bosilib chiqadi.
1926 yilga kelib Abdurahim — G’ayratiy Ozarbayjonga borib, Bokudagi bilim yurtida o’qiydi. U yerdqa M. Urdubodiy, M. Mushfiq. S. Rustamiy, J. Jabboriy kabi taniqli adiblar bilan tanishadi va muloqotda bo’ladi. Bokudan qaytgach, Toshkeitdagi muzikali drama teatrida adabiy emakdosh bo’lib xizmat etadi. 1929-1931 yillarda O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir va bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaydi. Uning birinchi she’riy to’plami 1927 yilda «Erk tovushi» nomi bilan nashr etiladi. 1928 yilda «Yashash taronalari» she’riy to’plami», «Qutilish» nomli hikoyalar to’plami chop etiladi. She’riy to’plamga kirgan «She’rim», «Shoir», «Tanburchi qizga», «Mening tuyg’ularim» kabi she’rlarida shoirning dunyoqarashi gavdalanadi, shuningdek, uning «Temp» (1932), «Olov tanlar» (1938), «Sevgi» (1939), «Oltin yoshlik» (1940) kabi she’riy to’plamlari hamda «Onamga xat» (1933), «Jinasta» (1935) kabi poemalari yaratildi.
G’ayratiy Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda ham barakali ijod qildi. U Furqat va Hamza kabi ustozlari («Shoirning o’limi», 1957) haqida poemalar yaratdi. «Tepalik mozor» (1956), «Hilola», «Sababi tiriklik» (1958), «Maxsum qochdi» (1960) kabi hajviy hikoyalar muallifidir. «Dovdirash» nomli hajviy hikoyalar to’plami nashr ettirdi. «Tanlangan asarlar»i (1958, 1972) chop etildi.
1972 yilda G’ayratiyga O’zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. U 1979 yil 22 yanvarda vafot etdi. Biroq, uning ijodi hozirgi davr taqozosiga ko’ra tanqidiy o’rganishni talab etadi. Sabab, oldingi zamonning ko’p hollarda u maddohi ham bo’lib qolganligi hech kimga sir emas.
NAVRO‘Z
Sabzalarga qo‘ngan shabnamda
Latofating, ko‘rinar aksing.
Mayin hislar kezar tanamda,
Hayotbaxshdir iliq nafasing.
Bo‘sa olib g‘uncha labidan,
Kapalaklar rashkin oshirdim.
Ko‘ngil ishqi va talabidan
Oshiq bulbul ashkin toshirdim.
Seni sevmay bo‘lurmi, bahor,
Maftun qilding ohu ko‘ziga.
Savdo solding boshimga takror,
Izlagayman tushib iziga.
Shaftolining guli, bo‘yiga,
Sarxush qilding oydin kechada.
Jo‘shqib oqqan daryo kuyiga
Kuyim qo‘shdim, bu dard barchada.
Sahar turib meni uyg‘otmish,
Bulbullarning otash g‘azali.
Chamanlarning bag‘riga tortmish,
Tong yulduzi kulgan mahali.
Dostları ilə paylaş: |