TURSUNBOY ADASHBOEV1 (1939 yilda tug‘ilgan)
She’r haqida so‘zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she’mi o'qiganga, undagi voqea yoki mantiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga nima yetsin! Aslida, she’r shuning uchun yoziladi. Bu bizning — shoirlikka ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz. Bolalar ham xuddi shunday. She’r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, bahslar, jimjimador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Dunyoni tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi hamma narsa, hodisa, munosabatlarga qalb ko‘zlarini katta-katta ochib qaragani, talpingani kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she’rga ham do‘st tutinadi. Bolalar she’ríyatining mas’uliyati, o‘ziga xosligi ham bolalaming mana shu hislatlaridan kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, zavqli she’rlar kerak. Xuddi mana bu she’r kabi:
Murod bilan
Birga biz
Borgan edik
Tir» ga biz
Urolmadim
Bitta ham
Chetga qochar « Muttaham.
Otib ko‘rsam 0 ‘nlab o‘tar Tulkiga. Chizig‘in Tegmay, Ayji o‘yin Qoldim Qizig‘i Kulgiga. Tugab qoldi Mo‘ljal olsam Tangamiz. Mushukka, Bergan edi 0 ‘q sanchildi Yangamiz, Eshikka, Sovun bilan Doirada G'altakka. Jo‘n raqam Qolar bo'Idik. Etti, sakkiz, Kaltakka. O'n raqam, Kelajakka intilamiz. Vatan, ona, qadrdon shahar yoki qishloq, sahovatli tabiat, ko‘ngli daryo odamlarga mehru muhabbatimiz rishtalarini bog‘lagan o‘tgan kunlarimizni sog‘inamiz. Shu sog‘inchning ildizlari qalbimizda qanchalar chuqur bo‘lsa, demak, taqdir bizni siylabdi. Tursunboy Adashboyev she’rlarida hammadan oldin Vatanning muqaddas ostonasi bo‘lgan ona qishloqqa juda yoshligidan o‘ychan termulgan, undagi har bir mavjudlikni bdos bilan ardoqlagan; sodda-yu to‘pori, qismati mehnat va yana mehnat boMgan, odamlami yoshiga nisbatan ulug'roq nigoh bilan kuzatgan qalb manzaralari ko(zga tashlanadi.
To‘rg‘ay yotar tuxum bosib, Sug'ur archa ostida Shuvoq bilan sirlashib. Turar tasbeh o'chirib. Qora qo‘ng‘iz soqqa yasab, Chigirtkalar qamishdan Do‘ngga tortar tirmashib. Nay yasaydi - kertadi. Yumronqoziq serhadik Ko‘kandagi biyaga Ish bitirar yugurib. So‘na dutor chertadi... Tuisunboy Adashboycv o‘zi tug‘ilib o‘sgan qardosh Qiig‘iziston Rcspublikasi 0 ‘sh viloyati tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasviriaydiki, ko‘z oldingizda maijon-maijon manzaralar xushbo‘yini sochib tizilaveradi: Asqar tog'dan suv tushar Arxar shohi ilinib Qoyalarda yanchilib. To'kilar xandon pista. Deysan, nahot qarag‘ay Qorli cho‘qqi eslatar Ko‘kda qolgan sanchilib. Qirg‘iz og‘am tumog‘in. Kelar chanqoq bosgani Tog‘ asalning hididan Kiyik, qulon ohista, Bitib qolar dimog‘ing. («Sarichelek») BoJaJarda birxususiyat bor - o‘yinga, mashg‘ulotga shu qadar beriJadilarki, uning o'yinligini ham unutadilar. Yosh qalbda haii rostu yolg‘on, soxta-yu haqiqiy degan tushunchalar o‘rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma narsaga ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar. Hattoki, o‘zlari o'yin uchun yaratgan narsalami ham tirik mavjudlik kabi yaxshi ko‘rib qoladilar.
«Suvga oqib ketmasaydi Eh hayriyat, yomg‘ir bu gal Yolda qolgan rasmlar» deb, Suratlami o‘chiribdi. Dilshod tunda uxlay olmay Mashinalar, kaptarlami Tashvishlanib chiqdi hadeb, Cho‘chitmabdi, uchirmabdi. («Asfaltdagi rasmlar») Taraqqiyot sari intilish — zamonlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot munis o‘t-o‘lanlar o‘sgan jaydari yerlami bosib-yanchib o‘tmasligi, bir- biriga oqibatli mehnatkash chumolilaming uyini buzmasligi kerak. Fan- texnika nechog'ii taraqqiy etmasin, inson boíasi, o‘zini eng awalo ona tabiat bag‘rida to‘laqonli his etadi. Katta zamonaviy shaharlarda tug‘ilib o‘^an bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti qo‘ng‘izcha bilan kun-tun o‘ynab zerikmasligida hikmat ko‘p. Tursunboy Adashboyev she’rlarini o‘qirkan, yaxshi shoir bo'lmoq uchun, albatta, tabiatga yoshlikdan sirdosh, do‘st bo‘lish kerakligi takror-takror dilingdan o‘tadi. Misralardan bola qalbining quvonchi, hayratlari, beg‘uboñiklari ufurib turadi:
Chaqmoq ko‘kda yong‘oq chaqdi,
So‘ng qovurib yedik yog‘da
Qizg‘aldoqlar selda oqdi,
Bahor kelgach.
Quyosh yana kulib boqdi.
Yalangoyoq qirda chopdik,
Bahor kelgach.
Savat-savatjag‘-jag‘ topdik,
Qo‘ziqorin terdik tog‘da,
Ikki tandir somsa yopdik
Odil bormay qoldi dog‘da,
Bahor kelgach. («Bahor kelgach*)
Tursunboy Adashboyev she’rlarining qahramonlari «Loyni bir oz tindirib suv zahrini sindirib* g‘isht quyayotgan, «Sapchib oqqan suv bilan kim o‘zarga yugurgan», xolasiga yordam uchun «... nonni botirib, qotirib qaymoq yegan», «Tog‘dan ko‘tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga» o'xshatgan, buvisining ajinlariga qarab «Dazmol bosib olsangiz, tekis bo'lib ketardi», deb maslahat beradigan, kun bo‘yi bog'dagj sirpanchiqda «vagon» bo‘lib uchishgach, «Oqshom uyga... Shimning orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida boMgan bolalar. Ayrim she’rlardagi voqelik, tuyg‘ular kechinmasidan shoirbu she’mi o‘z boshidan kechirganlari ta’siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi — bilinib turadi. Lekin Tursunboy Adashboyev she’rlarida bunday chegara yo‘q — oddiy chizgilardan salmoqli voqealargacha lirik qahramonning yuragidan o'tgan.
Ag‘darishmachoq soz o‘yin,
0 ‘tirganlar «uh» deydi,
Polvonlar egmas bo‘yin.
Akmal otin «chuh» deydi.
Davrani keng olamiz.
U olgach etagimdan
Chunki tengqur bolamiz.
To‘qim tushdi tagimdan.
Shaylandim minib eshak,
Ko'zimni ochsam arang,
Akmal ham chiqdi beshak.
Polda yotibman, qarang.
Tushim ekan, xayriyat,
0 ‘ngimda bo‘lsa... uyat
Bu she’rlardagi kitobxonga eng yoqadigan xislat — samimiyat, xolislik. Shoir bolalar, kattalar tabiatining, o‘zligining yarq etgan bir qirrasini ko‘rsatib qo‘yadigan manzara, voqea, bahsning suratini so'zlarda chizadi, lekin hech qachon qissadan hissa chiqarmaydi; she’r qahramonlarini toifalarga ajratib, o‘quvchini ham hakamlik chizigining u yoki bu yog‘iga da’vat qilmaydi. Xuddi shu usul bilan muxlislarini bag'ri kengiikka, mustaqil mushohada yuritishga, hayotning o‘ziday murakkab inson tabiatiga bir zarb bilan oq yoki qora chiziq tortmaslikka o'rgatsa, ajabmas:
Hol maktabdan kech keldi,
— E-e, buni o‘rtoqlarim
Usti-boshin kir qilib.
Futbol qilib tepishdi.
Do‘ppisi chok-chokidan
— 0 ‘sha mahal sen o‘zing.
Ketgan edi yirtilib
Qayoqlarda yurganding?
Do‘ppingni kim yirtdi, — deb,
— Darvozabon edim-da.
Onasi kuyib-pishdi.
0 ‘sha yerda turgandim...
Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni langarcho‘p deb miriqib o‘ynashlari mumkin. Ba’zan farzandlarímiz ertak qahramonlaríga aylanadilar: gullar bilan suhbatlashadilar, xazonlami qayiq qilib sayohatga chiqadilar, nima uchun qushlar ularning qo‘liga qo'nmayotganidan ajablanadilar... Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylaming shu xislatiga asoslangan ajoyib ertaklar bor. Tursunboy Adashboyev ijodida ixcham, manzara she’rlar borki, bolalar uchun filmlar yaratuvchi mohir rejissyor ular asosida ajoyib asarlami suratga olishi mumkin. Mana bu to‘rt qator she’r go‘yo multfilmday.
Tolning bargi suvga tushib qayiq bo‘ldi
. Bu ayniqsa qumursqaga loyiq bo'ldi.
Qo‘sh qirg‘oqni to’lqin yalab ko'kka sapchir,
Eshkakni-chi, o‘zi yakka eshar abjir.
Teng-tushlari qoldi gap-so‘z Tayinlashmay.
Qumursqa ham jo‘nab ketdi Xayrlashmay...
Tursunboy Adashboyevning turli davrlami, ya’ni o‘zining bolalik yillarini eslatuvchi she’rlarini, farzandlarining bolaligini tasvirlovchi she’rlarini - barchasini ichki bir yaxlit tuyg‘u — mehr, mehribonlik birlashtirib turadi:
Villar Tursunboy Adashboevni kattalar qatoriga adashtiríb olib kirdi, xolos. Lekin qalbi bolalik beg‘uborliklarí, samimiyati, soddaligi, yorqin hayratu quvnoq topqiriiklari olamida sobit turibdi. Ana shu sadoqat Tursunboy Adashboevga o'zbek bolalar adabiyotini yangi-yangi betakror asarlar bilan boyitish baxtini nasib etaversin.
Dostları ilə paylaş: |