Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Aqliy hujum uchun savolar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə12/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
2 5310107710040059096

Aqliy hujum uchun savolar.
1. A.Navoiy maktablarda dars beruvchini nimaga o‘xshatadi?
2. «Hayrat ul-abror» asarining bir necha boblari qanday masalalarga bag’ishlangan?
3. «Farhod va Shirin» dostonida bola tarbiyasiga doir qanday fikrlar ilgari surilgan?
4. “Layli va Majnun” dostonining tarbiyaviy ahamiyati nimada?


Adabiyotlar.

  1. M.Jumaboev. O‘zbek bolalar adabiyoti. T. «O‘zbekiston». 2002 y.

  2. I. Haqqul. Navoiyga qaytish. 2007 y.

2. A.Navoiy «Xayrat ul-abror». T. 2010 y.
3. A.Navoiy «Farhod va SHirin». T. 2010 y.
3-MAVZU: MILLIY UYG’ONISH DAVRI O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY , ABDULLA AVLONIY HAYOTI VA IJODI
REJA:
1. A.Avloniyning hayoti va ijodi.
2. Avloniyning pedagogik faoliyati va darsliklari.
3. Avloniy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.


Tayanch tushunchalari.
1. Shoirning ilm-ma’rifat haqidagi asarlari. («O‘qi», «Ilm ista», «Kitob», «Maktab», «Qalam»)
2. A.Avloniyning «Birinchi muallim», «Alifbe», «Ikkinchi muallim», «o‘qish» kitoblarining tarbiyaviy ahamiyati.

O‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. A.Avloniy boshlangich diniy maktabda va madrasada o‘qidi, ilm-fanga ixlos qo‘ydi. O‘zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib o‘rgandi. A.Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o‘zining birdan-bir burchi deb bildi va 1904-yilda o‘zi yashab turgan joyda – Mirobodda maktab ochdi. U bolalarga jug’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, xandasa, hikmat kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.


O‘sha davr xalq pedagogikasida A.Avloniyning «Birinchi muallim» - «Alifbo», «Ikkinchi muallim» - «O‘qish» kitoblari katta rol o‘ynadi. A.Avloniy «Adabiyot yohud milliy she’rlar» deb nomlangan to‘rt qismdan iborat bo‘lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi. U o‘nlab she’rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yohud axloq» kabi darsliklari bilan hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo‘ygan edi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin