1441-yil 9– fevral
|
Alisher Navoiy Hirot shahrida G‘iyosiddin Kichkina oilasida dunyoga keldi.
|
1447 – yil
|
Amir Temurning o‘g‘li SHohruh Mirzo vafot etdi, Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi.
|
|
Alisher Navoiy Taft shahrida mashhur tarixchi SHarafiddin Ali YAzdiy bilan uchrashadi.
|
1451 – yil
|
Oila Hirot shahriga qaytib keladi.
|
1452
|
Xuroson taxtiga Abulqosim Bobur keladi. Alisherning otasi Sabzavor shahriga hokim qilib tayinlanadi.
|
1453
|
Alisherning otasi vafot etadi.
|
1457
|
Abulqosim Bobur Mirzo vafot etadi. Alisher Mashhadda o‘qishni davom ettiradi.
|
1464
|
Navoiy Hirotga qaytadi. Bu paytda mamlakatni Abu Said Mirzo boshqarar edi.
|
1465-1466 –yy
|
SHoirning muxlislari tomonidan dastlabki devoni tuziladi.
|
1468 yil oxiri
|
Abu Said Mirzo jangda halok bo‘ladi.
|
1469 – yil boshi
|
Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaydi. Navoiy shu yilning aprel oyida Samarqand shahridan qaytib keladi va o‘zining mashhur «Hiloliya» qasidasini yozadi.
|
1469-1472 –yy
|
Navoiy saroyda muhrdor lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
|
1472-1476–yy
|
Navoiy saroyda vazir lavozimida ishlaydi. Navoiyning «Badoe ul-bidoya (Badiiylik ibtidosi)» devoni tuziladi.
|
1476-1483 –yy
|
Ikkinchi devon – «Navodir un-nihoya (Nihoyasiz nodirliklar)» tuziladi.
|
1481-1482 –yy
|
«Vaqfiya» asari yoziladi
|
1483-1485 –yy
|
Mashhur «Xamsa» dostonlari yaratiladi.
|
1485
|
«Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») asari yozildi.
|
1488 – yil
|
«Tarixi muluki Ajam» (ikkinchi nomi «Zubdat ul-tavorix («Tarixlar qaymog‘i»), «Siroj ul-muslimin» («Musulmonlik nuri») kitoblari yoziladi.
|
1489 – yil
|
Navoiy Astrobod hokimligidan ozod etilib, Hirotga qaytadi. Navoiyning do‘sti va ustozi Said Hasan Ardasher vafot etadi. Adib «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarini yozadi.
|
1491
|
Alisher Navoiyning «Risolayi muammo» (ikkinchi nomi «Mufradot») asari yoziladi.
|
1494
|
Navoiyning eng qadrdon do‘sti va ustozi Abdurahmon Jomiy vafot etadi. Adib «Hamsat ul-mutahayyirin» asarini yozadi.
|
1493
|
Navoiyning qadrdon do‘sti va ustozi Pahlavon Muhammad vafot etadi. Adib «Holoti Pahlavon Muhammad» asarini yozadi.
|
1492-1498 – yillar
|
4 devondan iborat bo‘lgan «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») tuziladi.
|
1495-1496 – yillar
|
«Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») yoziladi.
|
1497
|
Husayn Boyqaroning nevarasi Mo‘min Mirzo qatl etiladi.
|
1498
|
«Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») tazkirasi tuziladi. «Lison ut tayr» («Qush tili») dostoni yozib tugallanadi.
|
1498-1499
|
«Munshaot» («Xatlar») tuziladi.
|
1500
|
«Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asarini yozadi.
|
1501– yil 3 – yanvar
|
Buyuk o‘zbek adibi Alisher Navoiy vafot etadi.
|