«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish


Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk] XUSUSIY MULK



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə17/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
XUSUSIY MULK
7-modda. Xususiy mulk
1. Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo‘llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o‘z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo‘ygan mablag‘laridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo‘yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o‘zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo‘lishlari hisobiga hosil etiladi va ko‘payib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.
4. Fuqaro o‘zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning a’zosi foydalanish uchun o‘ziga berib qo‘yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom to‘lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo‘lga kiritadi.
6. Xususiy mulk o‘z mol-mulkini sarmoya sifatida o‘rtaga qo‘yish, davlat, kooperativ va o‘zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo‘l qo‘yiladigan o‘zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk bo‘lishi mumkin bo‘lmagan obyektlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qo‘yiladi.
8. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.



Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin