«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish


-modda. Davlat mulkining subyekti



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə19/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

20-modda. Davlat mulkining subyekti
O‘zbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki
O‘zbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan bo‘lsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi.
23-modda. Ma’muriy-territorial tuzilma mulkining subyektlari (kommunal mulk)
Tegishli ma’muriy-hududiy tuzilmaning aholisi kommunal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni ro‘yobga chiqarishni O‘zbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar.
24-modda. Davlat korxonasining mol-mulki
1. Davlat mulki bo‘lgan va davlat korxonasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk to‘la xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir.
Korxona o‘z mol-mulki bilan to‘la xo‘jalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan o‘z xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. To‘la xo‘jalik yuritish huquqiga nisbatan, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mulkchilik huquqi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
2. Mehnat kollektivining a’zosiga tegishli foyda daromad miqdori uning ulushi bo‘ladi.
Korxona tugatilgan taqdirda ulush summasi (aksiyalar qiymati) mehnat kollektivi a’zolariga (vorislarga) budjet, banklar bilan va korxonaning boshqa qarz beruvchilari bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan to‘lanadi.
26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
1. Davlat mulki bo‘lgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qo‘yilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida bo‘ladi.
2. Davlat budjetida turuvchi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar.
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z egaligidagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablag‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulkning egasi javobgar bo‘ladi.

Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin