«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish


-modda. Xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə18/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

14-modda. Xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki
1. Yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qo‘shgan hissasi hisobidan, xo‘jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo‘lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo‘ladi.
2. Xo‘jalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qo‘shgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, o‘zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil bo‘lgan, shuningdek o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiya egalari bo‘lishlari mumkin.
Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
DAVLAT MULKI
19-modda. Davlat mulkining obyektlari
1. O‘zbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:
yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bog‘lari]
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
jumhuriyat budjetining mablag‘lari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sug‘urta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
Davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy o‘quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.
2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.

Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin