«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə20/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

ARALASh MULK


27-modda. Aralash mulk huquqi
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek o‘z mablag‘larini birlashtirgan mulkdorlar o‘rtasida daromadlarni qo‘shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aralash mulkning o‘z mablag‘larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
27-1-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish
O‘zbekiston Respublikasining yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) bo‘lmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga o‘tkazib berilishi mumkin.
Xulosalar

Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.


Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • Tub uzgarish uchun real shart-sharoit yaratish- mulkni xakikiy mulkdorlar kuliga berish;

  • Kup ukladli iqtisodiyot hamda raqobat muxitini yaratish.

2012-2014 yillar mobaynida xususiy mulk mavqeini mustahkamlash, uning daxlsizligini tahminlash, biznes yuritish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida (yangi tahrirda)», «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida», «Raqobat to’g’risida», «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi kabi o’nlab qonunlar qabul qilingan.
2017-yildan O’zbekiston Respublikasida mulkning turli shakllarini himoya qilish borasida qonunchilikni rivojlantirib borish natijasida mulkchilik tuzilishida tub o’zgarishlar ro’y berdi, ko’pukladli iqtisodiyot, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor ahamiyat kasb etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hal qiluvchi o’rin egalladi, bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbai, aholi bandligi usishining eng muhim omiliga aylandi.



Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin