«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish


Jamoat birlashmalarining mulki



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə8/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

Jamoat birlashmalarining mulki. Jamoat birlashmalari (siyosiy ‘artiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko’zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan tahminlash uchun zarur bo’lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy mahrifiy va sog’lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va mol-mulk bo’lishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag’lari hisobidan ularning ustavlarida ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo’lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari ahzo bo’lish va ahzolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o’tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag’lar; ishlab chiqarish-xo’jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko’zlab yoki O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki bo’la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo’yilishi mumkin. Jamoat uyushmalari o’z ustavlarida yozib qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda o’zga davlatlardan keladigan pul mablag’larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. Siyosiy maqsadlarni ko’zlaydigan ‘artiyalar va ijtimoiy harakatlar o’zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o’zga moddiy yordam olishga haqli emaslar. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko’zda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
Diniy tashkilotlarning mulki. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo’lgan obhektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini tahminlash uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari va boshqa mol-mulk bo’lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o’z mablag’iga sotib olgan va bar’o etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo’lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo’lgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo’l qo’yiladi. Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni so’rab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.

Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin