«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə9/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

shaxsiy mulkbu fuqarolar mulki bo’lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o’z ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila ahzolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko’payadi va rivoj topadi16.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi. shaxsiy mulk obhektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy istehmol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila ahzolarining mulki bo’lishi mumkin. shaxsiy mulk obhektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk – bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli bo’lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir. Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkorni bir xil qarash kerak emas. Mulk egasi o’z mulkini o’zi yuritishi ham mumkin, uni tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi o’z mulkini o’zi yuritsa, u bir vaqtning o’zida ham mulk egasi ham tadbirkor sifatida namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda) xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir, deb ko’rsatilgan. shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi tahkidlanadi. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga mashuliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi17. shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, koo’erativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi, ko’’ayishi mumkin.
Xususiy mulk:
1. Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo’llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o’z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo’ygan mablag’laridan, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo’yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o’zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo’lishlari hisobiga hosil etiladi va ko’’ayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo’l qo’yiladi.
4. Fuqaro o’zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy koo’erativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj koo’erativi yoki boshqa koo’erativning ahzosi foydalanish uchun o’ziga berib qo’yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun ‘ay badalini batamom to’lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo’lga kiritadi.
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila ahzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o’z xohishiga ko’ra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo’lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk o’z mol-mulkini sarmoya sifatida o’rtaga qo’yish, davlat, koo’erativ va o’zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo’l qo’yiladigan o’zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk bo’lishi mumkin bo’lmagan obhektlar O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo’yiladi.
8. Savdo va xizmat ko’rsatish sohasi obhektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning aralashib, birikib ketishi natijasida aralash mulk ‘aydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan obhektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.
O’zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo’ladi:

  • xususiy mulk;

  • shirkat (jamoa) mulki;

  • mahmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;

  • aralash mulk;

  • boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.

O’zbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi18.
O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini bar’o etishda ham aynan mulkning turli shakllari o’rtasidagi mutanosiblikni tahminlash hisoblanadi. Akademik M.sharifxo’jaev fuqarolik jamiyati haqidagi falsafiy qarashlarni, eng avvalo Gegelning fikrlarini o’rganib, tahlil qilib fuqarolik jamiyatining to’rtta asos-belgilari mavjud, deb ko’rsatadi. Ularga iqtisodiy asos-belgi, siyosiy asos-belgi, mahnaviy asos-belgi, demokratik omil kiradi. U, haqli ravishda, demokratik omil fuqarolik jamiyatining “aslida birinchi asos-belgi”sidir, deb yozadi19.
Olim fikrini davom ettirib, fuqarolik jamiyatining demokratik asoslarini quyidagi yo’nalishlarga klassifikatsiya qiladi:

  • iqtisodiy erkinlik, turli mulk hakllari va bozor munosabatlarining shakllanganligi, ular asosida yuzaga kelgan bozor iqtisodiyoti;

  • inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so’zsiz tan olish hamda himoya qilish;

  • hokimiyatning suverenligi, erkinligi va demokratik xarakterga ega ekanligi;

  • qonun va odil sudlov oldida hammaning te’’a-tengligi, shaxsning zaruriy huquqiy himoyasi;

  • hokimiyatning bo’linishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqaga asoslangan huquqiy davlatning mavjudligi;

  • siyosiy va mafkuraviy ‘lyuralizm, ochiq muxolifatning borligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ularning amal qilishi;

  • so’z va matbuot erkinligi;

  • davlatning fuqarolar shaxsiy hayotiga aralashmasligi, davlat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro mashuliyat va majuriyatlarning bajarilishi;

  • ijtimoiy barqarorlik, tinchlik, hamkorlik va milliy totuvlik tahminlanganligi;

  • odamlarga munosib hayot yaratib berishni tahminlovchi samarali ijtimoiy siyosatning olib borilishi kabilardir20.

shubhasiz, mazkur yo’nalishlar fuqarolik jamiyatining demokratik xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Yuqoridagilardan eng muhimi baribir mulkchilikning turli shakllarining rivojlanishi jamiyatdagi umumiy muvozanatni barqarorligini tahminlab beradi. Mavjud qarashlarni tahlil qilib ‘rofessor F.Musaev, “ular o’rtasida, davlat bilan bog’liq masalalarning yetarli tadqiq etilmaganini ehtiborga olmaganda, yaqinlik ko’’, eng asosiy yaqinlik shundaki, ularning hammasi O’zbekistonning milliy demokratik taraqqiyoti yo’lini fuqarolik jamiyati qurishda, deb biladilar”21, degan xulosaga keladi.
shuning uchun F.Musaev yozadi: “Mahlumki, har qanday demokratik tuzumning mohiyati undagi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy qadriyatlar bilan belgilanadi. Bu qadriyatlarning subhekti ham, obhekti ham shaxs – jamiyat – davlat tizimida, ular o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi”22. Demak, fuqarolik jamiyatining demokratik asoslari va xususiyatlari shaxs – jamiyat – davlat o’rtasidagi munosabatlarda, ushbu munosabatlar jarayonida amal qilinadigan, shakllantiriladigan, qo’llab-quvvatlanadigan demokratik qadriyatlardadir. shaxs – jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlari asosan iqtisodiy kesishmalardan, yahni ular o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi va turli mulk shakllarining jamiyatda mavjud bo’lishini obhektiv taqozo etadi.
F.Musaev taklif etgan shaxs – jamiyat – davlat modeli aslida shaxs – jamiyat, shaxs – davlat, jamiyat – davlat va ushbu subhektlar munosabatlarining sintezi bo’lgan ijtimoiy aloqalar tizimini ifoda etadi. ushbu modelga tayangan holda fuqarolik jamiyatining demokratik harakterini ochib bersa bo’ladi.
shaxs – jamiyat tizimidagi munosabatlar quyidagi demokratik institutlarning faoliyatiga, ularning shakllanganligiga bog’liqdir:
– xususiy mulk va shaxsning iqtisodiy erkinligini tahminlovchi nodavlat tashkilotlari;
– davlat munosabatlari (masalan, maktablar, mahnaviyat o’choqlari, o’quv yurtlari, mahkamalar), hissadorlik korxonalari va ularning mulklari;
– oila, qarindosh-urug’ institutlari va ularning mulklari;
jamoat uyushmalari;
– diniy konfessiya va tashkilotlar;
– adaniy-mahrifiy birlashmalar;
– jamg’armalar, assotsiatsiyalar;
– ommaviy axborot vositalari va boshqalar.
Mazkur institutlar demokratik munosabatlarni rang-baranglashtiradi va ularni fuqarolik jamiyatining ideal modeliga yaqinlashtiradi23.
shaxs-jamiyat tizimidagi munosabatlarning demokratik xarakteri har bir jamiyatda amal qiladigan ijtimoiy-axloqiy, siyosiy-huquqiy va mahnaviy im’erativlar orqali namoyon bo’ladi. Yuqoridagi demokratik institutlar mazkur im’erativlarga tayanganidagina shaxs-jamiyat munosabatlarini va mulkiy munosbatlarni mustahkamlashga, yuzaga keladigan ziddiyatlarni ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan hal etishga erishadi.


Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin