«tasdiqlayman» kafedrasi mudiri 2023 y reja: Kirish


O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari



Yüklə 376,54 Kb.
səhifə10/22
tarix12.05.2023
ölçüsü376,54 Kb.
#111918
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
KURS ISHI MULKCHLIK (1)

3. O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat ahzolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning mahlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrg’, 425-XII-son) quyidagicha tahrif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obhektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir24.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (3-rasm).
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda ehtirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy mehyorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.


Yüklə 376,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin