Nazorat savollari 1 . Genetika fanining tarixi haqida nima bilasiz?
2. Mendel ishlarining xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Duragay (gibrid), dominant va retsessiv belgi, go-mozigot va geterozigot, genotip va fenotip degan terminlar nimani anglatadi?
Foydalanilgan adabiyotlar 1. P.X.Xoliqov. A.O.Daminov. M.B.Tarinova. Tibbiy biologiya va umumiy genetikaToshkent 2018yil.
2. P.R. Olimxo‘jayeva, D.R. Inog‘omova. Tibbiyot genetikasi. Toshkent - «Ilm ziyo» - 2017
3. Jalolov G’.J. Boboyyeva R.N. “Bialogiya” Toshkent. O’qtuvchi. 2003 y
4. G’ofurov A.T. Nosirov O.N. Maktab “Biologiya” kursida tabiat muhofazasi
Toshkent. O’qituvchi 1985 y
Internet manbalari www. ziyouz kom kutubxona
http:// ziyonet uz
http:// uzedu uz
http:// nambiolog uz
3-Mavzu: Hujayra evolyutsiyasi. Eukariot hujayraning tuzilishi va funksiyasi, hujayra organoidlari. Reja 1.Eukarioit hujayraning tuzilishi va funksiyasi
2.Sitoplazmaning tuzilishi va organoidlar
3.Umumiy organoidlar
4.Hujayra yadrosining tuzilishi va funksiyasi
Kupchilik olimlar, eukariot xujayralar prokariot xujayralardan kelib chikkan deb xisoblaydilar. Eukariot xujayralar va ularning organoidlari kelib chikishi xakida bir necha nazariyalar bor, ulardan ikkitasi tan olingan bulib - bular invaginatsiya va simbioz nazariyasidir.
Invaginatsiya nazariyasi eukariot xujayra va uning organoidlari prokariot xujayra membranasida botiklik paydo bulganligi va u keyinchalik tashki membrana bilan boglangan kup membranali tuzilmalar xosil kilgan deb tushintiradi. Bu membranalar aerob oksidlanishni ta’minlovchi fermentlarga ega bulib borgan (ayrim kismlarida fotosintezni ta’minlovchi tanachalar vujudga kelgan). Xujayraning ma’lum kismi oksidlanish va fotosintez xususiyatini yukotib, murakkab genetik apparatga ega bula boshlagan: membrananing davomiy invaginatsiyasi natijasida mitoxondriy va yadroning murakkab ikki kavatli kobiklari yuzaga keldi.
Margulisning xujayraviy simbioz nazariyasiga kura eukariot xujayralarning xar bir tuzilmasining ajdodi kadimiy prokariotlar xisoblanadi. Bu nazariyaga kura evolyusiyaning ilk boskichida bijgish xisobiga yashovchi ayrim prokariotlar aerob bakteriyalarni fagotsitoz kilgan, ammo ular saklanib, fagotsitoz kilgan xujayra bilan yashayvergan. Buning natijasida aerob va anaerobdan iborat birga xayot kechiradigan yagona simbioz tuzilma shakllana borgan, bu simbiotik jarayon ikkala organizm uchun xam foydali bulganligidan, ular birgalikda yashab ketganlar va bu xolat irsiyatga xam utgan. Bunday simbiotik xolat tabiatda kam uchrab turadi. Masalan: ayrim amyobalar mitoxondriyaga ega bulmasada uzlarida organik moddalarlarning aerob parchalanishini ta’minlovchi bakteriyalarni sakdaydi; fotosintez jarayoni ruy beruvchi aerob organizm
kuk yashil suv utiga eukariot xujayra xosil kiluvchi dastlabki tuzilma deb karaladi. Xujayra mitoxondriyasining avtonom tuzilma ekanligi simbiotik nazariyaning tugriligidan dalolat beradi.
Mitoxondriy uzining xususiy genetik apparatiga ega bulib, unda xujayraga boglik bulmagan xolda reproduksiya jarayoni ruy beradi. Mitoxondriya va bakteriya membranalari umumiy xususiyatlarga ega. Mitoxondriya DNK si gistonlardan xoli bulib, bakteriyalarniki kabi xalkasimondir.
Bu nazariyaga asosan, mitoxondriyalar, plastidalar va eukariot xujayralarning xivchinlari va kiprikchalarning bazal tanachalari kachonlardir erkin yashovchi prokariot xujayralar bulgan, simbioz jarayonida ular organellalarga aylangan. Mitoxondriya va xloroplastlarda xususiy DNK va RNK borligi xam bu nazariyaning foydasiga guvoxlik beradi. Mitoxondriyaning RNKsi tuzilishi, purpur bakteriya RNKsi tuzilishiga uxshash, xloroplastlar RNKsi esa sianobakteriyalar RNKsiga yakin turadi.
Olimlar ribosoma RNKlari nukleotidlari ketma-ketligini takkoslash asosida barcha tirik organizmlarni uch guruxga: eukariotlar, eubakteriyalar va arxebakteriyalarga (oxirgi ikkitasi prokariot) kiritsa buladi degan xulosaga kelishdi, chunki bu uch gurux organizmlarning genetik kodi aynan bir xil, shuning uchun ular umumiy ajdodga ega deb ularni “progenot” deb xam nomladilar. Natijada progenot nazariyasi taklif kilindi. Eubakteriyalar va arxebakteriyalar progenotlardan paydo bulgan deb taxmin kilinadi, eukariot xujayralarning xozirgi tiplari esa kadimgi eukariotlarning eubakteriyalar bilan simbiozi natijasida paydo bulgan bulishi kerak deyilmokda va shu xisobiga prokariotlar keyinchalik esa barcha eukariotlarning tuzilishidagi uxshashligini ta’minlagan deb xisoblanadi. Eukariot xujayralar tipiga utishi bilan xujayra xayot faoliyatini boshkarish mexanizmi murakkablashdi, xalkasimon DNK molekulasi oksil bilan boglangan DNKli xromasoma bilan almashtirildi. Natijada biologik axbarotlarning xar xil genlar guruxlarini, xar xil tipdagi xujayralarda, xar-xil vaktda ukish imkoniyati tugildi. Biologik axbarotlarni kismlari bilan ishlatish kup xujayrali organizmlar evolyusiyasida muxim urin uynaydi. Eukariot xujayraning paydo bulishi bilan evolyusiyaning sifat jixatidan yangi boskichi ya’ni birlamchi eukariot xujayralardan murakkab organizmlar va nixoyat odam paydo bulgan.
Eukariot xujayralar
Xujayraning tuzilishidagi uxshashlik prinsiplari. Xujayra nazariyasini tushintirishda biz xar bir xujayra mustakil faoliyat kursatish xususiyatiga ega deb tuxtaldik: ya’ni xujayra tashki muxit bilan modda va energiya almasha oladi, usadi va kupayadi. SHu sababli xujayraning ichki tuzilishi juda murakkab va kup jixatdan xujayraning kup xujayrali organizmdagi bajaradigan funksiyasiga boglik. Usimlik va xayvon xujayralari tuzilishiga kura, umumiy uxshashlikga ega bulgani xolda yana uziga xos, muxim ayrim xususiy farklari bor.
Eukariot xujayralar shakllangan yadroga ega, ularga barcha yuksak usimlik va xayvonlar xamda bir xujayrali va kup xujayralilar kiradi.
Eukariot xujayraning tuzilishi va funksiyasi
Xujayra sitoplazma va yadrodan iborat bulib, xar bir xujayra plazmatik membrana - plazmolemma bilan uralgan. Sitoplazmada gialoplazma, sitoplazma shirasi, organoidlar va kiritmalar buladi. Kupchilik eukariot xujayralarning diametri 10-100 mkm buladi.
Xujayraning shakli va kattaligigi kup jixatidan bajaradigan funksiyasiga boglik (masalan: tuxum xujayra uzida ozik modda tuplashi xisobiga ulchami yirik buladi). Xujayraning ulchami organizm kattaligiga boglik emas, yaxlit organizm va organning kattaligi undagi xujayralar soniga boglik.
Xar kanday eukariot xujayra uch kismdan tashkil topgan: xujayraning tashki koplovchi kismi, sitoplazma va yadro. Xujayraning tashki koplovchi kismi xujayrani bevosita tashki muxit va kushni xujayralar bilan uzora ta’sirini ta’minlaydi. SHu xisobiga u uch xil funksiya bajaradi:
1) ximoya - tusik; 2) transport - moddalarni utkazish; 3) retseptorlik funksiyasi.
Xujayraning tashki koplovchi kismi uchta subsistemadan iborat: 1-plazmatik membrana; 2-membrana usti majmui (kompleksi); 3-submembranali tayanch kiskaruvchi kism;
Plazmatik (sitoplazmatik) membrana - barcha xujayralar uchun universal, doimiy va asosiy bulgan subsistema bulib, membrana kalinligi 7-12nm. Plazmatik membrana xujayrani atrof muxitdan ajratib turadi va uzidan suvni, ionlarni xamda kerakli moddalarni utkazadi. Xujayradan chikishi lozim bulgan - keraksiz moddalar shu membrana orkali chikariladi. Eukariot xujayralarda bir kancha ichki membrana sistemasi mavjud. Membranalar murakkab tuzilishga ega bulib, xilma-xil faoliyatlarni bajaradi.
Xujayra xamda yadro pardasini xosil kiluvchi membrana va barcha xujayra ichki orgonoidlari membranasi umumiy tuzilishga ega bulganligidan universal biologik membrana deyiladi.
Biologik membrana asosan lipid va oksildan tashkil topgan, yarim utkazuvchan membranadir.Uning tarkibiga lipid va oksildan tashkari geterogen makromolekulalar va bajaradigan vazifasiga boglik ravishda xar xil komponentlar: antioksidantlar, karotinoidlar, anorganik ionlar va b.k. kiradi.
Plazmolemma elektron mikroskop orkali kurilganda uchta: tuk ichki va tashki elektron zich, urta kalinrok, och katlamdan iborat ekanligi kurinadi. Bunda tuk kuringan katlam oksildan, och katlam - biomolekulali fosfolipidlardan iborat. Membrana tuzilishini tushintiruvchi ancha modellar tavsiya etilgan, shundan “suyuk-mozaik” modelga kura membrana xarakatchan mozaikadan iborat bulib, yog katlamiga oksillar turlicha botib kirib turadi (11-rasm).
Membrananing asosini bikatlam fosfolipidlar tashkil kiladi, u gidrofob va gidrofil tomonlardan iborat. Biologik membranalarda lipid molekulalarining gidrofil tomonlari tashkariga, gidrofob tomonlari esa bir-biriga karab joylashadi.
Lipidlar strukturali va boshkaruvchi lipidlardan iborat. Lipidlarning asosiy funksiyasi membrananing mexanik turgunligini ushlab turish va ularga gidrofil xususiyat berishdir.
Membrana oksillari xujayra yuzasida joylashgan, yoki gidrofob kismga xar xil chukurlikda botib kiradi. Bunda ayrim oksillar membrananing tashki tomonida, ikkinchilari ichki tomonida yana boshkalari esa membranaga tulik botib kirgan buladi. Membrana oksillari uch xil buladi: integral, yarim integral va periferik. Periferik oksillar tulik katlam xosil kilmaydi. Asosiy vazifani globulyar (Yumoloq) tuzilishga ega bulgan integral va yarim integral oksillar uynaydi, ular lipidlar bilan gidrofil - gidrofob uzaro ta’sir xisobiga boglanadi. Integral oksillar membrana katlamiga tulik botib kiradi, yarim integral oksillar esa membranaga tulik botib kirmaydi. Membrana oksillari bir kator muxim funksiyalarni bajaradilar, ulardan ayrimlari retseptorlar bulib ular yordamida xar xil taassurotlar kabul kilinadi, ikkinchilari xujayraga xilma-xil ionlar tashilishi amalga oshiriladigan yulak xosil kiladi, boshkalari esa fermentlar bulib xujayra xayot faoliyati jarayonini ta’minlaydi.
11-rasm. Plazmatik membrananing tuzilishi.
Xujayraga moddalarning kirishi
Xujayra va atrof muxit urtasidagi moddalar almashinuvi xujayraning plazmatik membranasi orkali tanlab utkazish bilan ruy beradi, chunki biologik membrana yarim utkazuvchandir. Bu membrana xujayra tarkibining turgunligini tartibga solib turishda muxim urin tutadi, chunki xujayra menbranasi orkali unga barcha tuyimli moddalar kiradi va xujayraning faoliyati natijasida xosil bulgan maxsulotlar xamda chikindi moddalar chikariladi. Xujayra membranasi ayrim moddalarning kirishiga monelik kilish bilan bir katorda boshkalariga tuskinlik kiladi(12-rasm).
rasm. Plazmatik membrananing tanlab utkazishi.
Moddalar xujayraga diffuziya yuli bilan kirishi mumkin. Ma’lumki, diffuziya xodisasi — bu moddaning yukori konsentratsiyali joydan past konsentratsiyali joyga tarkalishidir. SHunga binoan osmos xodisasi ya’ni erituvchi modda molekulalarining yarim utkazuvchi membrana (masalan, xujayra plazmatik membranasi) orkali diffuziyasi ruy beradi (13-rasm).
Moddalarning xujayraga yoki xujayradan utkazilishi xujayra membranasida bulgan fermentlar yordamida energiya sarf kilish bilan ruy beradi. Ushbu jarayonga moddalarni faol utkazilishi deb ataladi. SHunga kura xujayra uz sitoplazmasida ionlar konsentratsiyasini ma’lum darajada saklab turadi.