Tasdiqlayman” Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori t f. d., V. A. Ergashev



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə2/99
tarix20.10.2023
ölçüsü3,71 Mb.
#158243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
O\'quv mater.to\'pl 48 soatlik 24 y

To’plam tarkibi

Shakli

1

Taqvim-mavzular rejasi

Jadval

2

Fanning ta’lim texnologiyasi

Nusxa (PDF)

3

Mavzular to’plami

Yozma+(CD Word

4

Baholash vositalari

Matn,jadval

5

Vizual - didaktik resurislar




Taqvim-mavzular rejasi





Mavzu nomi



Jami



O’qitish
ning tashkiliy shakli



Musta
qil ta’lim



O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash



Guruhlar va sana

1

Tibbiy ta’lim tizimida biologiyaning tutgan o‘rni



3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob


2

Hayotning molekulyar darajasi,
nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyalari

3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob, tezkor savol javob


3

Hujayra evolyutsiyasi. Eukariot hujayraning tuzilishi va funksiyasi, hujayra organoidlari.





3

nazariy ta’lim

1

Og’zaki, savol javob, tezkor savol javob




4

Hujayraning kimyoviy tarkibi.Oqsillar, uglivodlar, lipidlar va nuklein kislotalar



3

nazariy ta’lim

1

Og’zaki, savol javob, tezkor savol javob




5

Organizmning individual rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Ontogenez.



3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob, tezkor savol javob




6

Umumiy genetika asoslari
Belgilarning ajralish qoidasining buzilishi. Odamda qon guruhlarining
nasildan nasilga o’tishi, kodominantlik

3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob, tezkor savol javob




7

Irsiyatning molikulyar asoslari.



3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob, tezkor savol javob




8

O’zgaruvchanlik va uning turlari



3

nazariy ta’lim

1

Og’zaki, savol javob


9

Odam genetikasi.





3

nazariy ta’lim

1

Og’zaki, savol javob




10

Irsiy kasalliklar. Xromosoma va gen kasalliklari



3

nazariy ta’lim



1


Og’zaki, savol javob


11

Biosfera va odam. Biosfera tuzilishi.



3

nazariy ta’lim

1

Og’zaki avol javob




12

Odam ekologiyasi. Antropogenez

3

nazariy ta’lim

1

Og’zaki avol javob




13

Parazitlar biologiyasi.Tibbiy parazitologiya asoslari.

3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob


14



Parazitlarni kelib chiqishi

3

nazariy ta’lim

1


Og’zaki, savol javob


15

Sodda hayvonlar tipi, xivchinlilar

3

amaliy ta’lim

1

Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


16

Sporalilar sinifi.

3

amaliy ta’lim

1

Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish




17

Sarkodalilar sinifi. Ildizoyoqlilar kenja sinifi va kiprikli infuzoriyalar sinifi



3

amaliy ta’lim

1


Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


18

Ko’p hujayrali hayvonlar. Kovakichlilar tipi, chuvalchanglar guruhi, gelmentlar.





3

amaliy ta’lim

1


Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


19

Yassi
chuvalchanglar. So’rg’ichlilar sinifi.

3

amaliy ta’lim

1

Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


20

Tasmasimon chuvalchanglar

3

amaliy ta’lim

1

Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


21

Yumoloq chuvalchanglar, asil yumoloq chuvalchanglar sinifi

3

amaliy ta’lim

1


Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish




22

Ovogelmintaskopiya. Gelment tuxumlarining tuzilishi. Bug’umoyoqlilar, chayonlar va


sol’pugalar turkumi

3

amaliy ta’lim

1

Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


23

O’rgamchaklar va kanalar turkumi, parazitoforum kanalar



3

amaliy ta’lim

1


Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish


24

Zaharli hayvonlar



3

amaliy ta’lim

1


Yozma, og‘zaki, savol – javob, amaliy topshiriqlarni bajarish



Ta`lim texnologiyasi


Kirish

O`quv materialini tayyorlashdan maqsad, tibbiyot texnikumi talabalarini “Tibbiy biologiya va umumiy genetika ” faniga qiziqishini oshirish, organizmning tashqi muhit bilan o`zoro munosabatlarini, shuningdek atrof muhitning a`zolar tuzulishiga ta`sirini to`laqonli o`rganishlari uchun imkoniyat yaratadi.


“Tibbiy biologiya va umumiy genetika ” tibbiyot uchun xuddi morfologiya, fiziologiya, bio- kimyo, immunologiya fanlari kabi nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki har xil kasalliklarning yuzaga chiqishida, hatto insonning sog‘lig‘i ham odam irsiyatiga bog‘liqdir, ya’ni har bir belgi (kasal- lik)ni reaksiya normasi (modifaikatsion o‘zgaruvchanlikning chega- rasi) bo‘ladi. Demak, bemorlarning fenotipi qanday bo‘lishi, undagi belgilarning rivojlanish darajasi, inson genotipiga hamda irsiy axborotning yuzaga chiqishi muhit sharoitiga bog‘liqdir.
“Tibbiy biologiya va umumiy genetika” fanining genetika bo’limi barcha tirik organizmlarning irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganadi. Irsiyat deganda, organizmlarning shunday xususiyati tushuniladiki, ular turga xos bo‘lgan belgi va xossalarini avloddan avlodga o‘tkazishdir. O‘zgaruvchanlik esa, tirik organizmlarning o‘z belgisini o‘zgartirish, yangi belgilarga ega bo‘lish, avvalgi belgilarni yo‘qotish xossasidir.
Mazkur o`quv materialiga asoslanib “Tibbiy biologiya va umumiy genetika ” fannining texnikum o‘quvchilariga o‘qitishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini oshirish organizmning normal hoati, a`zolarda bo`ladigan patologik o`zgarishlar haqida kengroq ma`lumot olishdan iboratdir. Har –bir tibbiyot hamshirasi “Tibbiy biologiya va umumiy genetika” fanini chuqur o`zlashtiraolsagina kasalliklarni o`z vaqtida aniqlash, davolash va oldini olish to‘g‘risidagi nazariy bilimlarga ega bo`ladilar. Nazariy va amaliy darslarda olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etgan holda bevosita bemorlar bilan o‘zaro muloqat qilish orqali kasallik to‘g‘risida to‘g‘ri hulosalar chiqarish, bemorlarni kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda parvarishlash, laboratoriya tekshiruvlarga material yig‘ish, shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish va bemorlarni davosiga oid muolaja va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun imkoniyat yaratishdan iboratdir.
“Tibbiy biologiya va umumiy genetika” fani tibbiyot mutaxassislari uchun tibbiyotning nazariy asosini o'rganishda katta ahamiyatga ega. O`quvchilarga odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o'rgatadi va ayni vaqtda har- bir shaxsga, uning jinsiga, yoshiga xos morfo-fiziologik va ruhiy o'zgarishlari, shuningdеk muhit sharoitlarining a'zolar tuzilishi, vazifalariga ta'siri haqida ma'lumot bеrib, olgan nazariy bilimlarni amaliyotda bеmorlarni tеkshirish, kasalliklarni aniqlash, bеmorlarni parvarish qilish, hamda kasalliklarni oldini olish (profilaktika) uchun qullay bilishni o'rgatishdir. “Tibbiy biologiya va umumiy genetika fani tibbiyot fanlari uchun nazariy asos hisoblanadi.
Dasturda o'quvchilarning bilishi lozim bo'lgan ilmiy axborotlar va o'quvchilar bajara olishlari shart bo'lgan amaliy ko'nikmalarga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, darslar nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar asosida olib boriladi. “Tibbiy biologiya va umumiy genetika fani lotin tili va fiziologiya, gigiyena, hamshiralik ishi, tеrapiya, xirurgiya, pеdiatriya va boshqa klinik fanlar bilan chambarchas bog'liq.


Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin