40
suhbatga kirisha olishi va insonlarni o’ziga jalb qila olishi,
ularni ishontira olishi
zarur bo’ladi. U o’zida ishonch uyg’ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik
ta’sir o’tkaza olishi zarur bo’ladi. Demak bo’lajak amaliy psixologlar uchun birinchi
talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan
psixolog o’z ma’naviy qadriyatlariga ega bo’lishi talab qilinadi
7
. Bunda u mijozning
shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo’lishi talab
qilinadi. Ularning ahloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:
1.
Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli
bo’lishi zarur.
2.
Amaliy psixolog o’z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u
atrofdagilarning so’zlariga qarab o’zgarmasligi zarur.
3.
Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega,
u xech kimga
bo’ysunmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega
bo’lishi zarur.
4.
Psixologning qarorini inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega
ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan.
5.
Psixolog haqqoniy va samimiy bo’lishi zarur.
6.
Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo’lishi lozim.
7.
Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o’z
mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi.
8.
U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida
ehtiyotkor bo’lishi zarur.
9.
Agar psiolog mijozining haq huquqlar roymol qilinayotgan bo’lsa,
u buni
yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatiga egadir.
10.
U siyosiy g’oyalardan, ijtimoiy g’oyalardan, falsafiy fikrlardan xoli bo’lishi
zarur.
11.
Amaliy
psixolog
psixodiagnostik,
psixokorreksion,
psixterapevtik
natijalarni mutaxassis bo’lmaganlarga ko’rsatish huquqiga ega emas.
7
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 13б
41
12.
U insonlarga zarar ko’rsatadigan holatlardan uzoqroq bo’lishi talab
qilinadi.
13.
Psixolog o’zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi
kerak.
14.
Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqada
tafsilotlarni bo’rmasligi zarur.
15.
U o’rganilmagan metodikalarni mijozlarida qo’llash huqidan mahrumdir.
16.
Psixolog albatta
sir saqlashni bilishi zarur, u mijlgining sirini xech kimga
aytmasligi zarur.
17.
Psixologik maslahatda albatta o’z me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi.
18.
Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa albatta amaliy psixologlar
kollegiyasida ko’rib chiqiladi va tegishli jazo qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: