35
metodikalarning mazmun mohiyatlarini tushunmagan holda ishlatishlari mumkin, bu
holatlar esa sinaluvchilarga albatta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
g) qiziquvchi psixolog faqat yaqinlariga yardam ko’rsatsa, mutaxassis psixolog
mijozlar bilan ishlab ularga to’g’ri maslahat ko’rsatishi talab qilinadi. Bundan
tashqari qiziquvchi psixolog hamma mas’uliyatni o’ziga olsa, mutaxassis psixolog
esa mas’uliyatni mijozda shakllantiradi.
d) mutaxassis psixolog boshqa mutaxassislar bilan doimiy aloqada bo’lib
turadi, demak mutaxassis psixologlar har doim ma’lumotlarga ega bo’ladi, bundan
qiziquvchi psixolog mustasnodir.
ye) mutaxassis psixologda psixologik bilimlarning
mavjudligi haqidagi
xujatning mavjudligi, bu esa mijozlarning ularga murojaat qilishlarida muhim o’rin
tutadi, chunki mijozlar albatta mutaxassislarga murojaat qilishni ma’qul ko’rishadi.
yo) kasfiy ahloqiy qoidalarga rioya qilish bo’yicha ham shu ikki psixologlar
o’rtasida albatta farq mavjud. Bunda ahloqiy qoidalar albatta mutaxassislarga o’qish
davomida o’qitiladi.
j) mutaxassis psixolog o’zini rivojlantirishda mutaxassislarning xizmatlaridan
foydalanadi, qiziquvchi psixolog kitoblardan
foydalanishi mumkin, biroq bu tizimli
bilimlar hisoblanmaydi. Mutaxassis psixolog mustaqil o’rganishga yo’naltiriladi.
z) psixolog mutaxassisda mehnat psixogigiyenasi mavjud. Bunda mutaxassis
psixolog boshqalarga yordam berish asnosida o’zining sog’lig’iga ham befarq
emasligini bilishi kerak bo’ladi. Ko’pincha oddiy psixologlar sog’lig’iga e’tibor
qaratmaydilar ularning o’zlariga psixologning yordami kerak bo’lib qolishi mumkin.
Bunda nafaqat
psixologik salomatlik haqida, balki jismoniy salomatlik haqida ham
so’z ketishi mumkin
3
.
i) mutaxassis psixolog ko’pgina yangi o’ylab topilgan usullarga tanqidiy nigoh
bilan qaraydi, masalan astrologiya, xiromantiya va boshqalarga.
3
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 5б
36
Mutaxassis psixologning asosiy faoliyati albatta mehnat faoliyati bilan bevosita
bog’liqdir. Inson o’zining mehnat orqali namoyon qilishi mumkin. Psixologning
mehnati haqidagi tasavvurlarni keltirib o’tamiz:
1.
“yengil mehnat” ideali. Bunda inson mehnat qilmasdan ko’proq
maosh
olishni o’ylaydi. Bu aynan psixologlar uchun noto’g’ri bo’lgan faoliyatlardan biri
hisoblanadi. Chunki ulardan mehnatdan zavqlanishlari zarur.
2.
Noniqlik tushunchasini kamaytirishga qaratilgan faoliyat. (antientropizm)
murakkab obyektlarni osonlashtirish qobiliyati hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda
ijodiy faoliyat uchun o’rin qolmaydi.
3.
Qalban ko’rlik. Ular boshqa insonlar bilan xursand va xafa bo’la
olishmaydi.
4.
Boshqalardan ustun bo’lish xohishi. Bu ko’plab psixologlarning bir birlari
bilan kurashishlariga sabab bo’ladigan holatlardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: