37
Peterburgdagi psixonevrologik laborotoriya G.I.Chelepanov (1862-1936), birinchi
psixologiya institutini tashkilotchisi N.N.Lange (1858-1921), gruzin psixologiya
maktabi D.N.Uznadze (1886-1950) va boshqalar psixologiya fanining ravnaqiga katta
xissa qo’shishgan.
Nazariy psixologiyani rivojlanishi bu asrlar davomida shakllanib ma’lum bir
tizimga kelgan. Arastuni psixologiya fanining otasi deb hisoblashadi. U ruh haqidagi
qarashlari bilan mashhurdir. Gippokrat va boshqa yunon
olimlari bilan bir qatorda
O’rta Osiyo olimlari ham psixologiya fanining rivojlanishiga katta xissa qo’shishgan.
Ulardan Ibn Sino, Farobiy, Farg’oniy va boshqalar.
Leypsigda psixologiya institutini rivojlanishida bir qator sabablar keltirilgan.
1.
Psixik jihatdan nosog’lom bo’lgan insonlarga nisbatan yangi
yondoshuvning paydo bo’lishi, Bu XVIII asrda paydo bo’lib fransuz olimi
F.Pinelning ismi bilan bog’liqdir. O’sha davrda psixik nosog’lom insonlarni
jinoyatchilarga tenglashtirishgan va ularga qo’llangan
jazoni ruhiy jihatdan
nosog’lom insonlarga ham qo’llashgan.
2.
Psixik kasalliklarni psixoterapevtik usullar yordamida o’rganila boshlandi.
Bu birinchi navbatda ginnoz bilan davolash sohasiga bevosita bog’liqdir. XIX asrda
frunsuz psixiatri (J.Sharko, I.Berngeym, P.Jane); avstro-venger psixiatri (Y.Breyer u
bilan faoliyatini boshida ishlagan Z.Freyd) va rus psixiatri (A.A.Tokarskiy,
V.M.Bexterev)lar qo’llay boshladilar, so’ngra Freydning psixoanalizi paydo bo’lgach
uni birinchipsixoterapevtik tizim sifatida tan olingan. Yuqorida ismlari qayd qilingan
mualliflar psixik kasalliklarga ega bo’lgan bemorlar bilan maxsus usullar yordamida
ishlash ko’proq samara berishini aniqladilar.
3.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologik testlar psixologik bilim nuqtai
nazaridan tashqariga chiqdi. Birinchi navbatda bu ingliz tadqiqiotchisi F.Galton va
fransuz olimi A.Bine nomlari bilan bog’liqdir.
4.
XX asrda AQShda aqliy gigiyena jamiyatining paydo bo’lishi (K.Birs).
5.
XIX asrdan boshlab psixologiyaning tarmoqlarini ko’payishi bilan bog’liq.
6.
Kasb tanlash bo’yicha psixologik maslahatni paydo bo’lishi AQShda
(F.Parson).
38
7.
XX asrning 10 yillariga kelib psixologik maktablarning paydo bo’lishi.
8.
AQShda ijtimoiy xizmatchilarning faoliyatini keng yo’lga qo’yilganligi.
9.
XX asrning 40 yillarida ekzestensial-gumanistik psixologiya va amaliy
maslahatni paydo bo’lishi
5
.
Rossiyada esa bu tarix boshqacha ahamiyati kasb etadi:
1.
V.M.Bexterev tomonidan 1885 yilda Kazan davlat universiteti, asab
kasalliklari kafedrasida eksperimental laborotoriyani paydo bo’lishi, 1908
yilda
Sankt-Peterburgda ham huddi shunday laborotoriya ochilgan.
2.
G.I.Chelepanov tomonidan Moskva Universiteti
qoshida psixologiya
institutining ochilganligi, u 1912 yilda faoliyat ko’rsata boshlagan. O’sha yillarda bu
eng katta institut xisoblangan.
3.
Yosh bolalarni faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan jarayonning
boshlanishi. Pedologiya fani revolyusiyadan oldin ham ishlatilgan
6
. Pedalogiya 1936
yilda o’z faoliyatini to’xtatgan.
4.
Mexnat psixologiyasi va psixotexnikalarning paydo bo’lishi.
5.
1925 yilda I.DErmakov tomonidan psixoanalitik institutning paydo
bo’lishi, biroq bu g’oyaviy mafkuralarga ko’ra yopilgan.
6.
XX asrning 20-30 yillarida ilmiy maktablarning paydo bo’lishi.
7.
S.L.Rubinshteyn tomonidan MGUda falsafa fakulteti qoshida psixologiya
bo’limining paydo bo’lishi 1943 yilda.
8.
1945 yilda S.L.Rubinshteyn tomonidan psixologiya sektorini ochishi.
9.
SSSRda psixologlar jamiyatini paydo bo’lishi
10.
1966 yilda birinchi psixologiya fakulteti ochildi uning birinchi dekani
A.N.Leontyev; Leningradda esa B.F.Lomov bo’ldi.
11.
1966 yilda Rossiyada XVIIIxalqaro psixologlarning kongressi bo’lib o’tdi.
Bunda chet el psixologlari ham faol qatnashdi.
12.
1971 yilda Fanlar akademiyasida psixologiya instituti ochildi, uning
birinchi direktori B.F.Lomov bo’ldi.
5
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 5б
6
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 16
39
13.
XXasrning 80 yillarida psixologik maslaxatni Rossiyada keng avj olishi.
O’zbekiston psixologiyasida quyidagi holatlarni qayd qilishimiz mumkin.
1.
Rus psixologlaridan Ivanovning O’rta Osiyo
Davlat Universitetida dars
berishi.
2.
Mantiq kafedrasi qoshida psixologiya fanining o’qitilishi.
3.
1972 yildi Toshkent davlat Universiteti qoshida psixologiya kafedrasini
tashkil topishi.
4.
Birinchi professorning paydo bo’lishi M.G.Davteshin, B.R.Qodirov,
E.G’.G’oziyev, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova
5.
O’zbekistonda Oliy attestasiya komissiyasining paydo bo’lishi va fan
nomzodlari ximoyasining O’zbekistonda o’tkazilishi.
6.
Psixologlar jamiyatini paydo bo’lishi
Dostları ilə paylaş: