30
2.
“Assesment” metodi
Metodning maksadi:
mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
baholash, nazorat qilish, uzlashtirish ko’rsatkichi va amaliy ko’nikmalarini
tekshirishga yunaltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim
oluvchilarning bilish
faoliyati turli yunalishlar (test, amaliy ko’nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi,
qiyosiy taxlil, simptomlarni aniqlash) bo’yicha tashxis qilinadi va baholanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
“Assesment”
lardan
ma’ruza
mashqulotlarida
talabalarning
yoki
qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o’rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon
qilishda, seminar, amaliy mashg’ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni uzlashtirish
darajasini baholash, shuningdek, o’z-o’zini baholash maqsadida individual shaklda
foydalanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, oqituvchining ijodiy yondashuvi hamda
o’quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo’shimcha
topshiriqlarni kiritish
mumkin.
3.
“Tushunchalar taxlili” metodi
Metodning maqsadi:
mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu
bo’yicha tayanch tushunchalarni uzlashtirish darajasini aniqlash,
uz bilimlarini
mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki
bilimlar darajasini tashxis kilish maqsadida qo’llaniladi. Metodni amalga oshirish
tartibi:
•
ishtirokchilar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
•
o’quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan suzlar, tushunchalar
nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruxli tartibda);
•
uquvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday
xolatlarda qo’llanilishi xaqida yozma ma’lumot beradilar;
•
belgilangan vaqt yakuniga yetgach uqituvchi
berilgan tushunchalarning
tug’ri va tuliq izoxini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
•
xar bir ishtirokchi berilgan to’gri javoblar bilan o’zining shaxsiy
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va
uz bilim darajasini tekshirib,
baholaydi.
Izox:
Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur
tushunchalar xaqida qo’shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan