146
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqli shaqllantirishga,
imkoniyat yaratadi; xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dallillarni yozma va og’zaki
shaqllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim Bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni
amalga oshirish imkonini beradi:
-Jamoa bilan ishlash mahorati;
-Muomalalik;
-Xushfe’llik;
-Ko’nikuvchanlik;
-O’zgalar fikriga hurmat;
-Faollik;
-Rahbarlik sifatlarini shaqllantirish;
-Ishga ijodiy yondoshish;
-O’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;
-O’zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar - bu savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon
beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bu savollar oldindan “ha” yoki “yo’q” tipidagi to’g’ri, ochiq,
javoblarni berishni ko’zda tutadi.
Ko’ndalang so’roq - bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib,
bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dallillarni, opponentlar pozisiyasini aniqlash
va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko’ndalang so’roq paytida munoazaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda
faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Dostları ilə paylaş: