147
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv
materialining
turli bosqichlarini o’rganishda ifodalanadi:
-boshida-o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida (“Aqliy hujum”);
-mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini
beligilash;
ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash,
mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, Yangi jihatlarni ko’rsatish;
-oxirida- olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
“Skarabey” texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u
faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U
o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv
kuzatishlarni amalga
oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyalarning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni
yengillashtiruvchi chizma shaqllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
“Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv
jamoalarida
qo’llanishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni
amalga oshirish imkonini beradi;
-O’zgalar fikriga hurmat;
-Jamoa
bilan ishlash mahorati;
-Faollik;
-Xushmuomalalik;
-Ishga ijodiy yondashish;
-Imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji;
-O’z qobiliyai va mikoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
-“men”ligini ifodalashga
imkon beradi;
-o’z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg’otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assosiasiya mantiqiy bog’liqlik bo’lib, sezgilar, tasavvurlar,
idrok qilish,
g’oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Ranjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab
tartiblash.
Dostları ilə paylaş: