149
MAQSAD
O’TKAZISh TEXNOLOGIYaSI.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:
1-BOSQICh.
-trening tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak
bo’lgan muammoni, yoki o’rganilgan bo’limni belgilab oladi;
-trening o’quv mashg’ulotida avval har bir tinglovchi
yakka tartibda ishlashi,
keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo’lib
ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi:
-mashg’ulot davomida har bir tinglovchi o’z fikrini erkin holda to’liq bayon
etishi mumkin ekanligi eslatib o’tiladi.
2-BOSQICh.
Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4
bosqichi yozilgan
qog’ozlar tarqatiladi:
F- fikringizni bayon eting.
S - fikringizni bayon etishga sabab ko’rsating.
M - ko’rsating sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMU ning 4
bosqichini o’z fikrlarini yozma bayon etgan holda to’latadi.
Dostları ilə paylaş: