152
Agar yakka hatolar soni 30 gacha bo’lsa, bunday tinglovchilardan
tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati yetarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni
eta
oladilar, turlisharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqan ularning ketma ketlini
tashkil eta oladilar.
Agar yakka hatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bunday tinglovchilarda
tashkilotchilik
qobiliyati yetarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatini tashkil
etishlarida qiynaladilar yoki pala partishlikka yo’l qo’yadilar. Shuning uchun ular
alohida kurslarda o’qishlar yoki mantiqan fikrlashga o’rganishlari kerak bo’ladi.
Agar hatolar soni 40 dan yuqori bo’lsa, bunday
tinglovchilar tashkilotchilik,
mantiqiy fikrlash qobiliyati yetarli emas, ular o’z ustilarida ishlashlari kerak
bo’ladi
yoki maxsus treninglar, kurslarda o’qishlariga to’g’ri keladi.
“guruh hatosi” bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar hatolar soni 30 gacha bo’lsa, bu guruhlarda tinglovchilar bir birlarini
tushunishga harakat qilganlar, bir birlarini ishontira olganlar
va natijada bir xil
natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o’rnatilgan, fikrlar bir
joydan chiqqan.
Agar guruhning hatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bu guruhda
tinglovchilarning bir muqimga kelishlari qiyin bo’lgan,
tortishuvlar yuzaki yoki
ishonarsiz bo’lgan yoki guruh a’zolari bir birlarini tushunishga sust holda
intilganlar, yoki vazifaga beparvoroq bo’lganlar, yoki bir birlarini hafa qilib
qo’yishdan cho’chiganlar yoki guruhning barcha a’zolari
yuzaki holda
kelishigan u, aslida esa har Kim o’z fikrida qolgan bo’lishi mumkin. Samimiy
munosabat bu guruhda o’z aksini topmagan.
Agar guruh hatosining soni 40 dan ortiq bo’lsa, bu guruh ahzolari umuman bir
birlari Bilan kelisha olmaganlar, o’zaro ishontirish bo’lmagan. Har kim o’z fikrida
qolgan. Samimiy munosabat o’rnatilgan.
Izoh:
Bajarilgan vazifani baholashning Yana bir turi, quyidagicha:
tinglovchilarning javoblari trener tomonidan berilgan “TO’G’RI JAVOB”ning
yarmida ko’piga to’g’ri kelgan bo’lsa, demak, “qoniqarli” 75% to’g’ri kelgan bo’lsa
“yaxshi”, 100% to’g’ri kelgan bo’lsa “a’lo” deb belgilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: