153
2. kiritilayotgan g’oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas.
3. g’oyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik.
4. So’zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.
Metodni ishlatishga kirishmoq…
1-metod
: guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo’yiladi.
1. O’qituvchi o’quv jarayonida tashabbusni o’z qo’liga shunday tarzda oladi: U
auditoriyadagi barcha talabalarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor
barcha mumkin bo’lgan fikrlarni aytishni so’raydi.
2. Barcha, hatto, ahmoqona g’oyalarni ham aytishga ruhsat beriladi.
Aytilayotgan
fikrlar ichida birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart.
3. Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.
4. Asosiy fikrlarni o’qituvchi flip karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko’rsatadi.
5.
Aqliy hujum tugagach, barcha g’oyalar to’planishi,
guruhlarga ajratilishi yoki
kategoriyalarga bo’linishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: