187
metodlari bilan bog’lanishini tushuntirishdan hamda metodik ko’rsatma va
tavsiyalarining mazmuni va mohiyati nimada ekanligini ko’rsatishdan iborat.
1 – mavzu.
Kirish. Pedagogik tadqiqotlarning turlari va ularning
tavsifi
.
Ushbu
mavzuda ilmiy tadqiqot nima? Ilmiy-pedagogik tadqiqot nima va ularning qanday
turlari mavjud? – degan savollarga batafsil javob beriladi. Pedagogikadagi fundamental
va amaliy tadqiqotlarga ta’rif beriladi va ularning
mazmuni hamda mohiyati nima
ekanligi tushuntiriladi.
Metodik tavsiyalar nima ekanligi va ulardan hamda tadqiqot natijalaridan
amaliyotda qanday foydalanish kerakligi bayon qilinadi. Oraliq
tadqiqotlarning turlari
aytiladi. Natijada magistrantlarda ilmiy pedagogik tadqiqot nima ekanligi to’g’risida
tasavvur hosil qilinadi.
Ilmiy tadqiqot ishi deganda nimani tushunasiz?
Mazkur mavzuning qisqacha mazmuni quyidagicha
Pedagogik tadqiqot deganda - o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlariga
tegishli yangi bilimlar olishga qaratilgan jarayon va ilmiy faoliyat natijalarini tushunish
kerak. Pedagogik tadqiqotlar quyidagi sohalar bo’yicha olib boriladi: didaktika, tarbiya
nazariyasi, maktabshunoslik,
metodologiya, ta’lim tarixi, xususiy metodika, maxsus,
kasbiy, qiyosiy pedagogika va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: