227
B. Mavzu fanda ishlab chiqilmagan. Mazkur masala bo’yicha ayrim ishlargina nashr
qilingan.
V. Mavzuni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy qilish iqtisodiy jihatdan o’zini
oqlaydi.
Dolzarb mavzu
A. Muammoning hal qilinishiga ehtiyoj katta. Muammoning yechilishi o’quv-
tarbiyaviy jarayonning ayrim jihatlariga ijobiy ta’sir qiladi.
B. Mavzu fanda birozgina ishlangan. Amaliy tavsiyalarni yo’qqa chiqaruvchi
ko’plab ziddiyatli yondoshishlar mavjud.
V. Mavzuni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy qilish iqtisodiy jihatdan o’zini
oqlaydi.
Dolzarbligi past mavzu
A. Muammoning ishlab chiqilishiga amaliy ehtiyoj kam. Muammo umumiy holda
qoniqarli hal qilingan.
B. Mavzu fanda umumiy holda ishlangan, Zarur metodik va amaliy tavsiyalar
mavjud.
V. Mavzuning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishi hozirgi paytda katta
iqtisodiy xarajatlarni talab qiladi.
Nodolzarb yoki dolzarb emas mavzu
A. Muammo deyarli hal qilingan. Mavjud metodika qoniqarli natija beradi.
B. Muammo fanda hal qilingan. Mazkur mavzu bo’yicha yetarli darajada obro’li
nashrlar mavjud.
V. Muammoni hal qilish va kutilayotgan natijalarni hozirgi paytda amaliyotga joriy
qilinishi samarasiz.
Tadqiqotning yangiligi va ilmiy ahamiyati
1 – daraja. Amaliy tavsiyalar va nazariy xulosalar o’quv-tarbiyaviy jarayonni
takomillashtirishga tegishli mavjud takliflarni aniqlashtirmay va to’ldirmay takrorlaydi.
2 – daraja. Tadqiqot natijalari(nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar) o’quv-
tarbiyaviy amaliyotni, pedagogika tarixi va pedagogikaning boshqa sohalariga taalluqli
ma’lum takliflarni oydinlashtiradi.
228
3 – daraja. Tadqiqot natijalari (nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar) o’quv-
tarbiyaviy amaliyotni, pedagogika tarixi va boshqa sohalarni takomillashtirishga
taalluqli mavjud metodik takliflarni, umumiy tavsiyalarni va nazariy xulosalarni
to’ldiradi, rivojlantiradi.
4 – daraja. Tadqiqot natijalari(nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar) tubdan yangi.
Ular, fanda mavjud bo’lmagan yangi yondoshish va metodik takliflarni o’rtaga tashlaydi
va rivojlantiradi.. Fundamental tadqiqotlar uchun istiqbol ochadi.
Dostları ilə paylaş: