O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar va metodik ko‘rsatmalar
1-auditoriyadan tashqari mustaqil ish 1-mavzu. O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O‘ZGARISHLAR. Ishning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish
Hisobot shakli: “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 8 soat
1-mustaqil ish topshirig‘i: O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida tushuncha hosil qilish. Bunda talaba berilgan mavzu yuzasidan ma`lumotlar to`plab, “Toifali jadval” ishlanmalar tayyorlashi, belgilangan kunda fan o`qituvchisiga himoya qillib topshirishi lozim.
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar:Talaba mavzuga oid ma’lumotlar mavjud quyidagi adabiyotlarni bir marta o‘qiydi. Ma’lumotlarga ega bo‘lgach “Muammoli vaziyat” jadvalini tayyorlash uchun O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi masalalar, muammolarga oid materiallar bilan tanishadi.muammoni ajratib olish, taqqoslash, tahlil qilish orqali quyidagi jadvalni to‘ldiradi:
O‘zbekistonda ijtimoiy sohani isloh etish nimalar asos bo‘ldi
Muammolar yechimimning olib borilishi
Talaba uchun mavzuga oid quyidagi adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi
1. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir N.Jo`rayev - Toshkent: Akademiya, 2000. 144-146-betlar.
2. Mustaqil O‘zbekistan tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000. 12-16-betlar.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullaev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006. 15-26-betlar
4. https://hozir.org/mavzu-ozbekistonda-amalga-oshiriladigan-ijtimoiy-islohotlar-va.htm.
5. https://www.google.com/