8-mavzu: Korreksion pedagogika asoslari (2 soat seminar)
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari.
9-mavzu: G‘arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikr taraqqiyoti (2 soat seminar)
G‘arbiy Yevropada maktab va maoriflar faoliyati. Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi. Yan Amos Komenskiy, Iogann Genrix Pestalotsi, Iogann Gerbartlarning pedagogik qarashlari
10-mavzu: Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik-psixologik tasnifi (2 soat amaliy mashg‘ulot, 2 soat seminar)
Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi. Pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari
O‘QITISH SHAKLLARI Mazkur fan bo‘yicha ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar interfaol metodlardan foydalangan holda seminar-trening shaklida o‘tkaziladi. Tinglovchilar fanni o‘rganish jarayonida ijodiy topshiriqlar, keyslar, o‘quv loyihalari, muammoli vaziyatlar bilan bog‘liq masalalarni yechish kabi topshiriqlarni bajaradilar.
Keys-stadi” metodi “Keys-stadi” - inglizcha so‘z bo‘lib, (“case” – aniq vaziyat, hodisa, “stadi” – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: kim (who), qachon (when), qaerda (where), nima uchun(why), qanday/qanaqa(how), nima natija (what).