12-mavzu: Didaktika–ta’lim nazariyasi. (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Didaktika - pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayoning mohiyati. O‘qitish va o‘rganish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.
13-mavzu: Ta’limning mazmuni (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Ta’limning mazmuni va mohiyati. Ta’lim jarayoni maqsadi. Ta’limning tashkiliy shakli. Ta’limga oid vositalar. Ta’limning maqsadlari. Ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.
14-mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari. (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Metod, usul va texnologiya. Ta’lim usuli. Pedagogik texnologiya. Ta’lim metodlari tasnifi. Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
15-mavzu: O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
16-mavzu: Xalqaro baholash dasturlari (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Xalqaro baholash dasturlari haqida tushuncha. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori haqida. PISA, TIMS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari. Dunyoning yetakchi mutaxasislari tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim sifatini pedagogik o‘lchash texnologiyalaridan foydalanish. Dunyo standartlari darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish.
17-mavzu: Pedagogik fikrlar tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati masalalari (2 soat amaliy mashg‘ulot)
Eng qadimgi davrlardan o‘qituvchilik faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy qarashlar. Yunon faylasuflari asarlarida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati haqidagi g‘oyalar.