«tasdiqlayman» Qarshi davlat universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori N. Xolmirzayev



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə2/12
tarix26.09.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#149190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oqnazarov To\'lqin Yetakchi tashk. Bayonnoma

Ilmiy rahbar:

Ibraimov Xolboy Ibragimovich
pedagogika fanlari doktori, professor

Rasmiy opponentlar:

Jo‘rayev Husniddin Oltinboyevich
pedagogika fanlari doktori, professor
Mustafoyev Shomurod Normuminovich
pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent

Dissertantning shaxsiy xujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirish uchun ilmiy seminarning ilmiy kotibiga so‘z beriladi.
Ilmiy kotib: (Talabgorning shaxsiy xujjatlari bilan tanishtirib o‘tdi.)
Rais: Hujjatlar yuzasidan ilmiy kotibga yoki talabgorga savollar bormi? (Kengash a’zolari: yo‘q) Rahmat.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va olingan natijalari bo‘yicha so‘z talabgor Oqnazarov To’lqin Jalilovichga beriladi. Reglament 20 minut. Marhamat.
Oqnazarov To’lqin Jalilovich: Assalomu alaykum hurmatli ilmiy seminar raisi va ilmiy seminar a’zolari! Sizning e’tiboringizga “O‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentligini rivojlantirish” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyaning asosiy mazmunini havola etaman.
Jahon ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy bosqichi turli ko‘rinishlarda olib borilmoqda. Asosiy yo‘nalishi o‘qituvchilar tayyorlash hisoblangan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, virtual texnologiyalardan foydalanishni mukammallashtirish, doimiy ravishda o‘z kasbiy darajasini oshirib borish, zamonaviy axborotlashgan jamiyatning rivojlanish tendensiyalariga moslikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dunyoda masofaviy ta’lim sharoitida o‘qituvchilarning virtual texnologiyalarga oid kompetentliligini rivojlantirish, malaka oshirishning bilvosita shakllarini joriy etish, uning kasbiy faoliyat bilan bog‘liq kontentini takomillashtirish, samarali virtual ta’lim mexanizmlarini ishlab chiqishga oid amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda pedagog xodimlarning dunyo Internet axborot tarmog‘i, elektron ta’lim resurslari hamda masofadan o‘qitish metodlari asosida axborot kommunikatsion va innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni o‘zlashtirishi, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish kompetentliligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari dolzarbdir.
Mamlakatimizda milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida «pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimini «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida takomillashtirib borish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish» kabi vazifalar belgilangan. Bu borada, virtual texnologiyalari sohasidagi informatsion kompetentlilikning tavsifiy mohiyatini aniqlashtirish, uning komponentlari mazmuni va shakllanish darajalarini tavsiflash, masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda virtual texnologiyalari sohasidagi informatsion kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin