Olingan sonli ma’lumotlarni matematik-statistik tahlil qilishda Styudentning tanlama mezoni, K.Pirsonning muvofiqlik kriteriysi, Laplas funksiyasidan foydalanildi [66].
Tajriba va nazorat guruhidagi baholash natijalarini mos ravishda 1 va 2-tanlanmalar deb olsak, quyidagi variatsion qatorlarga ega bo‘lamiz:
Ishonchlilikni baholash Styudent usullari asosida amalga oshirildi va matematik-statistik tahlil qilindi. Olingan natijalar tahlili innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish asosida ta’lim samaralorligi haqida gapirish imkonini berdi.
Tajriba-sinov natijalari innovatsion yondashuv asosida o‘qitishning samaradorligi oshganligini ko‘rsatdi. Bundan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, tajriba guruhining ko‘rsatkichi nazorat guruhinikiga nisbatan 10% ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Xulosalar va tavsiyalar avtoreferat loyihasida keltirilgan.
E’tiborlaringiz uchun rahmat.
Rais: prof. R.Shodiyev.Oqnazarov To‘lqin Jalilovichning dissertatsiya bo‘yicha taqdimotini eshitdik. Endi ish yuzasidan muhokamaga o‘tsak. Marhamat, dissertantga qanday savollar bor?
Rais: prof. R.Shodiyev. Ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan dissertantga savollar bo‘lsa, marhamat.
prof. Sh.Nurullayeva. - Savol: O‘qituvchining virtual texnologiyalar sohasidagi kompetentliligini qanday aniqlashtirgansiz.
Javob: Rahmat, ustoz savolingiz uchun! O’qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi kompetentligini nazariy bilimlar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda dasturiy vositalardan foydalanish orqali kasbiy-pedagogik faoliyatda amaliy usullar asosida aniqlab chiqdik.
Dots. O.Aslonova. - Savol:Metodik tizimning texnologik komponentini nima tashkil etadi.
Javob: Metodik tizimning texnologik komponenti “xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” integrallashgan axborot ta’lim muhiti asosida o‘qituvchilarning samarali kasbiy rivojlanishiga imkon beradigan shakl, metod va vositalarni o‘z ichiga oladi.
Dots. S.Yuldashev. - Savol:Virtual texnologiyalar sohasida o‘qituvchilarning malakasini oshirishning qanday ijoniy imkoniyatlari bor?
Javob: Virtual texnologiyalar sohasida o‘qituvchilarning malakasini oshirish nafaqat kompyuter bilan ishlashga, balki umumiy o‘rta ta’lim maktablari sharoitida fanlardan dars berishda yangi ish uslublarini o‘zlashtirishga o‘qitishni ham o‘z ichiga oladi. Malaka oshirish kurslari o‘rtasidagi o‘qituvchilarni doimiy ravishda metodik qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berishning amalda yo‘qligi ham virtual texnologiyalari sohasida o‘qituvchilar malakasini oshirish samaradorligini pasaytiradigan jiddiy muammo hisoblanadi.
dots. A.Nabiev. - Savol: o‘qituvchilar malakasini oshirishni masofaviy tashkil etishda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishning asosiy vazifalarini aytib bering.
Javob: Quyidagilar o‘qituvchilar malakasini oshirishni masofaviy tashkil etishda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
virtual texnologiyalari sohasidagi informatsion kompetentlilikning tavsifiy mohiyatini aniqlashtirish;
o‘qituvchilar virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligining komponentlari mazmunini va ularning shakllanish darajalarini tavsiflash;
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlarini ochib berish;
masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentlilikni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish.