Dots. U.Yoziyeva. - Savol: Tadqiqotingizda qaysi metodlardan foydalangansiz?
Javob:Tadqiqotda tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish, rag‘batlantirish, koyish, tergash kabi metodlardan foydalanganmiz.
Dots. M.Kazakova. - Savol: “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” integrallashgan axborot ta’lim muhiti?
Javob: Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” integrallashgan axborot ta’lim muhiti sharoitida o‘tkaziladigan majmuaviy metodik tadbirlarga faol ta’lim tarmog‘idagi: telekommunikatsion loyihalar, vebinarlar, Internet-konferensiyalar, o‘qituvchilar uchun tanlovlar kabi tashabbuslar kiradi.
Rais:yana savollar bormi? yo‘q.
Rais: so‘zni birinchi rasmiy taqrizchi Nurullayeva Shaxlo Uktamovna pedagogika fanlari doktori, professor marhamat! Taqriz ijobiy (taqriz ilova qilinadi).
Rais: Sizning ijobiy xulosangiz uchun raxmat. Marhamat dissertant,birinchi rasmiy taqrizchi pedagogika fanlari doktori, professor Nurullayeva Shaxlo Uktamovna bildirgan fikr va mulohazalarga munosabat bildirishingiz mumkin.
Dissertant:Dissertatsiya ishimni korib chiqib, uning yuzasidan bildirgan fikr va mulohazalari pedagogika fanlari doktori, professor Nurullayeva Shaxlo Uktamovnaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bildirilgan fikr va mulohazalarni kelgusi jarayonlarda inobatga olamiz.
Rais: so‘zni ikkinchi rasmiy taqrizchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorvichga beramiz, marhamat! Taqriz ijobiy (taqriz ilova qilinadi).
Rais: Sizning ijobiy xulosangiz uchun raxmat. Marhamat dissertant, ikkinchi rasmiy taqrizchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorvichga bildirgan fikr va mulohazalarga munosabat bildirishingiz mumkin.
Dissertant: Dissertatsiya ishimni korib chiqib, uning yuzasidan bildirgan fikr va mulohazalari taqrizchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorvichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bildirilgan fikr va mulohazalarni kelgusi jarayonlarda inobatga olamiz.
Rais: Rahmat. Hurmatli seminar a’zolari! Dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy munozaraga o‘tamiz. Marhamat munozarada seminar a’zolaridan so‘zga chiquvchilar bormi?
Marhamat, so‘z pedagogika fanlari doktori, dotsent N.Oripova dissertatsiyaning dolzarbligi, mahalliy olimlarimiz tomonidan yetarlicha darajada o‘rganilmaganligi, mavzuning soha xodimi tomonidan o‘rganilganligi muhum ahamiyatga ega deb hisoblayman va dissertant 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.