Prof. R.D.Shodiyev: avtoreferat bilan tanishib chiqdim, undagi ayrim imloviy va uslubiy kamchiliklar mavjudligi tadqiqotchiga aytildi va ushbu kamchiliklar bartaraf qilindi. Tadqiqot OAK talablariga to‘liq mos keladi va dissertantning 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik tahlimotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
Prof. Sh.Nurullayeva: Dissertatsiyaning ilmiy natijalari ma’qul. Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi OAK Nizomi talablariga javob beradi, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishi sifatida pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman. Rais: Yana so‘zga chiquvchilar bormi? (kengash a’zolari: yetarli).
Rais. Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asosan ilmiy seminar yig‘ilishining xulosasini tayyorlashimiz mumkin.
Tadqiqotchining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O’qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan yetakchi tashkilot
XULOSASI: 1. Oqnazarov To’lqin Jalilovichning “O’qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan doktorlik dissertatsiyasi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik tahlimotlar tarixi ixtisosligiga mos keladi. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi yuqori, u ilmiy tilda yozilgan.
2. Tadqiqotchi Oqnazarov To’lqin Jalilovich tomonidan tayyorlangan mazkur dissertatsiyaning umumiy saviyasi OAK Nizomida belgilangan talablarga mos keladi.
3. Avtoreferat dissertatsiya mazmuniga to‘la mos keladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari darajasida rasmiylashtirilgan.
5. Oqnazarov To’lqin Jalilovich tomonidan pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya va avtoreferat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qo‘yilgan talablar asosida tayyorlangan bo‘lib, dissertatsiya ilmiy kengashda himoyaga tavsiya etiladi.
Xulosa ilmiy seminar a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi huzuridagi kengaytirilgan ilmiy-seminar xulosasiga ko‘ra majlis