«tasdiqlayman» Qarshi davlat universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori N. Xolmirzayev


-rasm. Virtual ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə8/12
tarix26.09.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#149190
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Oqnazarov To\'lqin Yetakchi tashk. Bayonnoma

1-rasm. Virtual ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli.
Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” integrallashgan axborot ta’lim muhiti sharoitida o‘tkaziladigan majmuaviy metodik tadbirlarga faol ta’lim tarmog‘idagi: telekommunikatsion loyihalar, vebinarlar, Internet-konferensiyalar, o‘qituvchilar uchun tanlovlar kabi tashabbuslar kiradi.
Metodik tizimning texnologik komponenti “xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” integrallashgan axborot ta’lim muhiti asosida o‘qituvchilarning samarali kasbiy rivojlanishiga imkon beradigan shakl, metod va vositalarni o‘z ichiga oladi.
Axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim maktablari va litsey o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni takomillashtirish, ularni vatanparvarlik, harbiy hamda jismoniy tayyorlash, ma’naviy ko‘nikmalarini shakllantirishga, butun umri mobaynida yangi bilimlarni o‘zlashtirishga o‘rgatish talab etiladi. Tizimli, faoliyatli va aksiologik yondashuvlar ta’lim trayektoriyalarini individuallashtirish, shaxs xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim oluvchining ma’naviy salohiyatini rivojlantirish imkonini berdi.
Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishini tashkil etish va o‘tkazish” deb nomlangan uchinchi bobida o‘qituvchilarning informatsion kompetentliligini masofaviy shaklda rivojlantirishning tajriba-sinov ishlarini tashkil etish yo‘llari, tajriba-sinov natijalari va tahlili qarab chiqilgan.
Tajriba-sinov ishlari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari o‘quv jarayoniga 2016-2017, 2017-2018 va 2018-2019 o‘quv yillari davomida olib borildi. Tajriba va nazorat guruhlarida jami 734 nafar respondent qatnashdi.
Tajriba-sinovni tashkil etishda tadqiqot muammosi bo‘yicha ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish va o‘qituvchilarni kasbiy malakasini oshirish ta’lim tizimida masofaviy o‘qitishdan foydalanishning amaliy tajribasini o‘rganish, masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning AKT kompetentliligini rivojlantirishning nazariy shartlarini aniqlashga, shuningdek, tipik xato va nuqsonlarni tavsiflashga olib keldi.
Har bir komponent: past daraja – pedagogik faoliyatda AKTdan foydalanishni o‘rgatishda, shuningdek, o‘z kasbiy faoliyatida AKTdan foydalanishda motivning yo‘qligi yoki yaxshi ifodalanmaganligi; o‘rta daraja – o‘qituvchi pedagogik faoliyatda AKTdan foydalanishni o‘rgatishdan, o‘quv jarayoniga AKTni joriy etishdan manfaatdor, ammo o‘z kasbiy faoliyatida AKTdan foydalanish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni mustaqil ravishda izlashga tayyor emas; yuqori daraja – o‘qituvchi pedagogik faoliyatda AKTdan foydalanishni o‘rgatishdan manfaatdor, AKT sohasidagi bilim va tajribasini talabalar va hamkasblariga berishga tayyor, AKTni o‘quv jarayoniga joriy etishda va AKT rivojlanishining hozirgi darajasiga mos keladigan pedagogik texnologiyalarni topishda doimiy qiziqishga egalik bilan baholangan. O‘qituvchilarning informatsion kompetentliligi komponentlarini baholash uchun so‘rovnomalar, testlar va o‘qituvchilar faoliyatlari tahlili o‘tkazilgan.
Tajriba-sinovning qayd etuvchi bosqichida olingan ma’lumotlar masofaviy shaklda o‘qituvchilarning informatsion kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov natijalarini masofadan tahlil qilishni kiritish kerak degan xulosaga kelishga imkon berdi. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini o‘tkazish asosiy muammoni aniqlashga imkon berib, uni hal qilishda yechim muhim ahamiyatga egadir.
Tajriba-sinovning bosqichlaridan olingan ma’lumotlar masofaviy shaklda o‘qituvchilarning informatsion kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov natijalarini masofadan tahlil qilishni kiritish kerak, degan xulosaga kelishimizga imkon berdi.
Malaka oshirish ta’lim tizimida o‘qituvchining AKT kompetentliligini shakllantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari malaka oshirish kurslarida qatnashgan tinglovchilar guruhlari bilan olib borildi. Tajriba-sinovda 67 o‘qituvchi (3 o‘quv guruhi) ishtirok etdi.
Birinchi guruh – bu nazorat guruhi (NG). Nazorat guruhida malaka oshirish jarayoni tinglovchilari uchun kurs mashg‘ulotlarini an’anaviy ravishda amalga oshirish sharoitida (kunduzgi shaklda) amalga oshirildi.
Boshqa ikkita guruh tajriba guruhi sifatida tanlandi: 1-TG, 2-TG; ularda, turli xil pedagogik sharoitlarda, AKTdan foydalanish sohasida o‘qituvchilar tayyorlashning taklif etilayotgan modul dasturi asosida amalga oshirildi. Shunday qilib, 1-TG tajriba guruhida aniqlangan pedagogik sharoitlarning butun majmuasi amalga oshirildi. 2-TG tajriba guruhida ikkita pedagogik shartlar amalga oshirildi, xususan: masofaviy o‘qitish shaklida modulli tuzilma va o‘quv tarkibini yaratish; o‘qituvchilar malakasini oshirish jarayonida loyihalashtirish texnologiyalaridan foydalanish.
Malaka oshirish ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning AKT kompetentligi komponentlari shakllanganligini aniqlash uchun tashhislash ishlarini amalga oshirdik.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin