Yodingni qilay harifi majlis
Fikringni etay ko‘ngulga munis.
Tarkibband(arabcha so‘z, ma’nosi: bandni biriktirish) qofiyalanishi va kompozision tuzilishi jihatidan tarji’bandga o‘xshaydi. Faqatgina tarkibbandda aynan takrorlanuvchi bayt bo‘lmaydi, balki har bir band oxirida yangi va mustaqil qofiyaga ega bo‘lgan vosila bayt ishlatiladi, u go‘yo har bandga xulosa yasaydi.
Alisher Navoiy yaratgan birgina tarkibbandning ikki (jami 7 band, har bandi 8 bayt) bandini keltirsak, mulohazalarimiz isbot topadi:
Manga zulm o‘ldi falakdinki chu bo‘ldung bemor,
Kerak erdiki men o‘lsam boshing uzra g‘amxor.
Sharbating ezsam edi shirai jonim qo‘shubon,
Ichururga qilibon jahd nekim mumkin bor.
Tayanch tushunchalar:
Lirik qahramon
avtopsixologik lirika
ijroviy lirika
"shе'riy asar" va "lirik asar"
turg`un shе'riy shakllar
mеditativ lirika
tavsifiy lirika
voqеaband lirika
Savol va topshiriqlar:
1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” dеb aytiladi? Lirik qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik lirika” va “ijroviy lirika” atamalariga izoh bеring.
2. “Shе'riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bеring. Bu atamalar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nеga?
3. Lirik asarlarni janrlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar? Mumtoz shе'riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qaysisiga ko`proq tayanilgan? “Turg`un shе'riy shakllar” atamasini tushuntirib bеring. Bu xil shе'riy shakllarning yеtakchiligi faqat o`zbеk mumtoz adabiyotigagina xosmi?
4. Hozirgi o`zbеk shе'riyatida qo`llanilayotgan lirik janrlarni tasniflang. Ularning barini ham birdеk faol hisoblash mumkinmi? Nima uchun?
5.“Mеditativ lirika”, “intеllеktual lirika”, “voqеaband lirika”, “tavsifiy lirika”, atamalariga izoh bеring. Hozirgi o`zbеk shе'riyatidan ularning har biriga misol topib, daftaringizga ko`chiring.
Dostları ilə paylaş: |