Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


V.Leninning sotsialistik jamiyat iqtisodiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalari



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə22/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

3.V.Leninning sotsialistik jamiyat iqtisodiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalari. 
V.I.Ulyanov (Lenin) (1870-1924) ning iqtisodiyot sohasidagi
tadqiqotlarini ikki qismga: kapitalizm va imperializm iqtisodiyotning takdiri 
to‘g‘risidagi hamda sotsialistik iqtisodiyotining takdiri to‘g‘risidagi g‘oyalarga
ajratib ko‘rsatish mumkin. "Rossiyada kapitalizmning taraqqiyoti" (1899),
"Imperializm kapitalizmning yukori bokichi" (1916) asarlarida bozor
munosabatlari va kapitalizmning rivojlanish xususiyatlari bayon etilgan.
Imperializmning iqtisodiy belgilariga kuyidagicha ta’rif berilgan. 1. Ishlab
chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi, monopoliyalar vujudga kelshi.
2.Bank kapitali va sanoat kapitali kushilib moliya oligarxiyasi paydo bo‘lishi.




39


3.CHetga tovar emas, kapital chiqarishning ahamiyati ortishi. 4.Xalqaro
monopolistik ittifoqlar tuzilishi. 5.Er yuzining yirik kapitalistik davlatlar 
tomonidan bo‘lib olinishi.
Imperializmning uch xususiyat (monopolistik kapitalizm,tekinxur yoki
chirib borayotgan kapitalizm va ulib borayotgan kapitalizm)ga alohida urgu
berilgan. Umuman Lenin insoniyat taraqqiyotida imperializm va
kapitalizmni utkinchi iqtisodiy tizim deb isbotlashga o‘ringan. Leninning
kapitalizmdan sotsializmga o‘tishga oid iqtisodiy g‘oyalari "Sovet 
xoqimiyatining navbatdagi vazifalari"(1918), "Kommunizmda bolalarcha sullik
kasali"(1919) kitoblarida berilgan. Iqtisodiy vazifalarni xal etishda proletariat 
diktaturasiga tayanish kerakligi kayd etilgan. O‘tish davri uchun ko‘p ukladlilik
xosligi (patrialxal xo‘jalik, mayda tovar ishlab chiqarish,davlat kapitalizmi
va sotsializm), ulardan ayrimlari mayda tovar ishlab chiqarish kapitalistik va
sotsialistik (ko‘pchilik kapitalistik) mamlakatlar uchun zaruriy xisoblanadi. 
Sotsialistik iqtisodiyot yaratish vazifalariga kuyidagilar kiritilgan:
maxsulotni ishlab chiqarish va taksimlash o‘stidan umumxalq xisob-kitobi va 
nazoratini o‘rganish, mexnat unumdorligini oshirish, sotsializm manfaatlari
uchun chet el kapitaliga yo‘l berish va ulardan foydalanish, burjuaziya 
mutaxassislarini ishga jalb etish, kredit-pul, moliyaviy, mukofot, mexnatga
ishbay xak to‘lash tamoyillarini keng qullash, shaxar va qishloq o‘rtasidagi 
tovar almashuvini yo‘lga kuyish.
Mulkni umumlashtirishda avval eng muxim sohalar (moliya, bank, 
og‘ir sanoat, temir yo‘l transporti, tashki savdo) qulga olinishi, sharoit yetilishi
borasidagi qolgan tarmoqlarni egallash zarurligi uktirilgan. 
Lenin "Oziq-ovqat soligi to‘g‘risida (yangi siyosatning ahamiyatlari
va uning sharoitlari)" (1921) risolasi va boshqa ko‘pgina maqolalarda 
Rossiyadagi fukarolar urushidan sung yangi iqtisodiyotga o‘tishning mohiyati
va xususiyatlarini yoritib berdi. Yangi iqtisodiy siyosatning eng muxim 
tomonlari, bu xo‘jalik xisobiga o‘tish, tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish,
ayrim korxona va tarmoqlarda, savdoda xususiy kapitalizmga yo‘l berish, chet 
el kapitaliga yo‘l berish.
"Oziq-ovqat razvertkasi"ning yagona soliq bilan almashtirilishi 
dexqonlar psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Lenin o‘z g‘oyasini jiddiy va
uzoq muddatga mo‘ljallagan siyosat deb baxoladi. 
Markscha iqtisodiy g‘oyalardagi tub mezonlar tarix sinovida o‘zini
oqlamadi mavjud sotsialistik iqtisodiyot (126 davlat) tajribasida ko‘rish 
mumkin. Tub mezon deyilganda,albatta xususiy mulkchilik munosabatlari
ko‘zda to‘tiladi. Mazkur olimlarning g‘oyalarida barcha ziddiyatlarning asosi, 
illatning sababchisi xususiy mulkchilik deb xisoblab kelingan. U insoniyat
taraqqiyotining, jamiyat rivojining bosh tugonogi sifatida tushuntirilgan.



40


Rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyoti bu fikrning xatoligini ko‘rsatdi.
Kapitalizmning mukarrar xaloqati to‘g‘risidagi bashorat ham ruyobga 
chikmadi.
Shu sababli sobik SSSR, sotsialistik deb atalgan mamlakatlar 
iqtisodiyotga inkirozga uchradi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruratga aylandi.
Kapitalistik iqtisodiy tizim o‘z muammolarini xal etishda mavjud 
imkoniyatlardan kengrok foydalanib olish kobiliyatiga egaligi tarix tajribasida
ayon bo‘ldi. Albatta, erkin tadbirkorlik iqtisodiyoti uzoq vaqt davom etgan 
rivojlanish jarayonini bosib utgan. Bu jarayonda feodal munosabatlariga qarshi
konli ko‘rash, ish kuchi mexnatidan foydalanishning og‘ir usullari, ijtimoiy-
iqtisodiy inkirozlar va mustamlakachilik siyosati kabi vositalar ham o‘rin
olgan. Katta tajribaga ega bo‘lgan mulkdorlar ilmiy texnika progressida unumli 
foydalandi, ishlab chiqarishni o‘stirdi; jamiyatdagi barcha tabakalarning
moddiy turmush darajasini oshirishga erishdi, ijtimoiy masalalarga e’tibor 
berdi.
Sotsialistik iqtisodiyot deb ataluvchi tizimda umumxalq (90-95%) 
mulkini joriy qilishga qaramay, barcha ishlab chiqarish vositalari davlatga
ixtiyoriga utdi. Bozor iqtisodiyoti urniga markazlashgan va rejalashtirilgan 
ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyot vujudga keltirildi. Ijtimoiy adolat g‘oyasi
ijtimoiy teqilikni keltirib chiqardi. Moddiy manfaatdorlik va ragbatlantirish 
omillariga e’tibor berilmadi, chunki xar «Kimdan kobiliyatiga yarasha, xar
kimga mexnatiga yarasha» shiori amalda ijro etilmadi.
Shaxsning manfaatdorligi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning
moddiy omili soyasi qolib ketdi , ya’ni shaxs manfaatdorligini faollashtiruvchi 
sharoitlarga yetarlicha imkon berilmadi. Mexnat shaxs istikbolidan xo‘zo‘r-
xalovat va ijobiy faoliyat manbai bo‘la olmadi. Xususiy mulkchilik 
yo‘qotilsada, ijtimoiy mulkchilik shaxsga ilxomlashtiruvchi kuch baxsh
etmadi.

Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda buning aksi bo‘ldi. Masalan,


yaponiyalik yirik tadbirkorlardan biri s.idemitsu o‘zining "agar K.Marks 
Yaponiyada tugilganda" degan kitobida: bunday xolni ko‘rgan marks
xaqikiy tadbirkor bo‘lgan bo‘lar edi. Chunki bu yerda sinfiy ziddiyatlar 
urnini mexnat va kapitalning uygunligidagi gurkirashi egallagan" - deb aytgan.
Oqibatda markscha iqtisodiy g‘oyalar tarix sinovida o‘zini ximoya qila 
olmadi.
Xulosa 

XIX asrning o‘rtalarida marksizm iqtisodiy ta’limoti vujudga keldi. Bu


ta’limot bo‘yicha kapitalizmning o‘z davri uchun avvalgi formatsiyalarga 
nisbatan ustunligi ijobiy tomonlari ko‘rsatib berildi. Qiymatning mexnat




41


nazariyasi asosida ishchilarning ishlab chiqarish vositasidan maxrum qilinishi
(yoki kapitalistlar tomonidan egallanishi) natijasida kapitalistlar qo‘shimcha
qiymat olish yo‘li bilan doimo boyib borishar, ishchilarning " Ekspluatatsiya
qilinishi va kashshoqlashib borishi " qonuni ochildi.
XIX asrning oxiri XX asr boshida kapitalizmning monopoliyalashgan
davrida Leninizm ta’limoti yuzaga keldi, unda marksizm g‘oyasi tuldirildi va 
rivojlantirildi. Unga ko‘ra, kapitalizmning yemirilishi va proletar inqilobi
nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari bush bo‘lgan ayrim 
mamlakatlarda ham ro‘y berishi mumkinligi ko‘rsatildi. Bu bashorat XX asr
boshida qisman Rossiya, Mongoliya, II jaxon urushidan keyin bir qancha 
Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida oqlandi. 70 yildan ortiq davom
etgan "Sotsialistik jamiyat ko‘rish" tajribasi esa o‘zini to‘la oqlamadi. 

Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin