Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qullanilishi



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə28/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

6.Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qullanilishi
XVIII asrga kelib, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishda o‘zaro bog‘liqlikda qonuniyatlar
asosida ro‘y berishi tulik va anik ayon bo‘ldi. 
Bu qonuniyatlarni
matematik izoxlashdagi 
dastlabki
mukammal 
tadqiqotlar Fransiyalik olim antuan ogyusten kurpo (1801-1877) ning “Boylik
naxzariyasi matematik prinsiplarining tadqiqoti” (1838) asarida bayon etildi. 
Kurpo bozordagi xaridor va sotuvchining turlicha imkoniyatlari asosida tovar
baxosining iste’molchi-xaridor talabiga bog‘liqlik masalasini taxlil etdi. 
Ma’lumki, bozor munosabatlari amaliyotida tovar baxosi hamda talab
orasidagi bog‘liqlik kuyidagicha namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tovar baxosining 
oshuvi iste’molchi talabining kamayishiga olib keladi. Aksincha, baxo pasaysa,
talab ortadi. 
Kurpo bu bog‘liqlikni “Talab qonuni” deb xisoblaydi va uni talab
funksiyasi ko‘rinishida kuyidagicha ifodalaydi: 
D k f(r)
Bunda, D- iste’molchi talabi, 
r-tovar baxosi
Tovar sotuvidan tushgan pul tushumi (R) funksiyasi esa kuyidagi 
ko‘paytmadan iborat bo‘ladi:
Rkr x D k r x F (p) 
Bu funksiya o‘zluksiz bo‘lib, baxoning xar bir cheksiz o‘zgarishiga,
talabning cheksiz o‘zgarishi mos ishlashi aks ettiradi. Talab funksiyasi 
differensiyalanadi. Differensiyalning maksimum qiymati yukori daromad
olishga qaratiladi. 
Kurpo iqtisodiyotga birinchi marta elastiklik tushunchasini tadbiq etdi.
Talab funksiyasining baxoga nisbatan elastikligi tovar baxosining bir 
foizga o‘zgarganda talab miqdorining qanchaga o‘zgarishini anglatadi. Kurpo
talabning baxoga nisbatan va past elastiklik mavjudligi bilan izoxlaydi. 



51


1.
Baxoning nisbati katta bo‘lmagan o‘zgarishiga talabning shakli 
o‘zgarishi ro‘y beradi, talabning yukori elastiklik xolati xisoblanadi.
2.

Baxolarning sezilarli o‘zgarishidan kat’iy nazar talabning


o‘zgarishi sekin bo‘lsa, past elastliklik xolati deyiladi. 
Masalan, tor doiradagi muxlislar uchun, skripka yoki astronomik
teleskop narxining ikki barovar o‘zgarishi, ularga bo‘lgan talaba jiddiy 
o‘zgarishga olib kelmaydi.
Shuningdek, narx keskin o‘zgarishidan kat’iy nazar, transport vositalari, 
oziq-ovqat maxsulotlariga talab deyarli kam o‘zgaradi.
Kurpo o‘z tadqiqotlarida, tabiiiy monopoliya, ya’ni noyob ma’danli suv 
chiqaradigan buyuk egasining, yukori daromad olish uchun qanday baxo
kuyish masalasini taxlil etadi. Bunda yangi omillar-ishlab chiqarish chikimlari, 
raqobat kabilar ham xisobga olinadi.
Shuningdek, kurpo, 2ta raqobatli monopoliya-duopoliya, chekli va ko‘p 
raqobatchilar xolatlarini ham taxlil qilgan.
Taxlil matematik aniklik va kuchli mantikiylik asosida amalga 
oshirilgan.
Kurpo tadqiqotlarining eng muxim jixatlaridan biri, ishlab chiqarish 
sohasidagi qiymatning mexnat nazariyasi emas, muomala sohasidagi baxolar
taxlil etilgan. 
Iogan Genrix Fon Tyunen (1783-1850)-shimoliy Germaniyalik Yunker
(pomeshchik) qishloq xo‘jaligi bilan bevosita shugullangan. Kurpo g‘oyalarini 
amaliy material bilan tuldirgan. Iqtisodiy model yaratgan. Modelga ko‘ra,
xo‘jalik doira shaklidan iborat bo‘lgan. Markazda qishloq xo‘jalik maxsulotlari 
iste’molchisi-shaxar, atrofda esa, bir xil tuprok unimdorligida bo‘lgan yopik
xudud tushuntiriladi. 
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samaradorligi pasayib boruvchi konsentrik
doiralarga joylashtirilgan. 
Belgilangan baxo bilan ishlab chiqarish va tarnsport xarajatlari orasidagi
farq asosida qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtirishning norentabelligi 
xisoblangan.
Tyunenning fikricha, iqtisodjiy jarayon ketma-ket kichik ortirmalar yo‘li 
bilan rivojlanadi. Rivojlanishning ma’lum xolatiga kelib keskin sifat o‘zgarishi
ro‘y beradi. Bu usul ishlab chiqarish optimal tarkibining ya’ni, mexnat va 
kapitalining o‘zaro tuldirish jarayonining shakllanishigna imkon beradi.
Tyunen qullagan usul keyinchalik iqtisodiyotda kichik ortirmalar va 
cheklangan sharoitlar uslubi marjinalizm nomini oldi.
Tyunen davlatning qishloq xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotga munosabati 
yoritilgan yagona asar yozgan. U Smitning daromad taksimoti g‘oyasini hamda




52


Rikardodan bexabar xolda diferension renta g‘oyasini qiymatning mexnat
nazariyasi asosida rivojlantirdi. 
Umuman olganda 19-asr kelib, iqtisodiyotga matematiqaning targibi
mustaxkam asosga ega bo‘ldi. 
Natijada, keyingi tadqiqotlarning ilmiy negizda bo‘lishiga katta xissa
kushildi. Iqtisodiy jarayonlar taxliliga sinfiy-siyosiy tus berilishidan 
chetlashildi.
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V. Poreto,
K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematiqani
iqtisodiyotga qullash yuksak darajagi ko‘tarildi. Xozirgi davrda bu usul 
ekonometrika sifatida alohida rivojlangan.


Xulosa
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy bilimlar tarixi fanida bir nechta nazariy 
maktablar vujudga keldiki, ular o‘z maksad vazifalari va uslubiyatlari bilan
o‘zaro farq qilar edilar. Ularning ayrimlari Marks va Engels asarlari bilan 
yaqindan tanish bo‘lib, ularnitankid qilgan bo‘lsalar, ayrimlari tamomila yangi
yo‘nalishni taklif etdilar. Biz yukorida yangi tarixiy maktabning uch avlodi 
bilan yaqindan tanishib chikdik, uning dastlabki vaqillari tadqiqot mavzusini
faqat belgilagan bo‘lsalar, ikkinchi avlod vaqillari boy manbalarni tupladilar. 
Lekin undan tulik foydalanib, mavzuni yoritib bera olmadilar. Faqat uchinchi
avlod vaqillarigina jami manbalarni umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Bunday ijodiy yondoshuv iqtisodiy bilimlar tarixida tarixiy usulning o‘z urnini
belgilab berdi. 
XIX asrning 70-yillarida avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot
fanida katta vokea bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda «marjinalizm» deb nom 
olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya koidalari klassik
iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qiladiki, u ayrim xollarda fandagi 
tuntarish deb baxolanadi va xozirgi zamon iqtisodiy bilimlarining asosini
tashqil etadi. 



Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin