77
xalq demoqratik o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Olib borilgan siyosiy, ijtimoiy
va iqtisodiy siyosat oxir oqibatda sovet boshqaruv tizimining joriy qilinishiga
olib kelgan bo‘lsa ham, bu o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan, ob’ektiv sharoitlarni
xisobga olgan xolda, shoshilmay olib borildi. Inqilobiy usullar urniga isloxotlar
utqazish usuli ustun edi.
Rossiyada Sho‘rolar xoqimiyati urnatilishi bilan yangi sotsialistik
jamiyatni ko‘rish rejalari belgilandi, uning iqtisodiy poydevorini yaratish
ishlari boshlanib ketdi.
Buning uchun o‘z davrida uchta asosiy vazifani bajarish zarur deb topildi:
1.Sanoatni industrializatsiyalash.2.Qishloq xo‘jaligini qollektivizatsiyalash.3.
Madaniy inqilob. Buning uchun mavjud iqtisodiy ukladlarni tugatish va yangi
sotsialistik xo‘jalik ukladini yaratish kerak edi. Erkin bozor iqtisodiyoti urniga
buyruqbozlik iqtisodiyotining yaratilishi zarur bo‘ldi, bunda umumxalq mulki
yetakchi o‘rinni egallaydi, barcha ishlar markazdan boshqariladigan kat’iy
rejalar asosida olib boriladi. Bozorga zid ravishda xususiy mulk (savdo),
raqobat tugatildi, kat’iy baxo va imperativ rejalar joriy etildi, yakka
Dostları ilə paylaş: