Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə43/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

Tayanch ibora va tushunchalar. 
O‘zbekitonning bozor munosabatlariga o‘tish zarurligi; o‘tish davri 
xususiyatlari va boskichlari; isloxotlarning besh tamoyili; i.Karimov
asarlardagi iqtisodiy g‘oyalar. 


1.Turkistonning mustamlaka davridagi iqtisodiy axvoli. «Xarbiy 


kommunizm" siyosatining mohiyati.
Turkiston o‘lkasi 1865-1917 yillar davomida Rossiya imperiyasining 
mustamlakasi sifatida rivojlanadi. O‘lka Rossiyaning sanoat xududlari uchun
qishloq maxsulotlarini, birinchi navbatda paxta tolasini yetkazib beruvchi 
xomashyo bazasiga aylantirildi, shu vaqtning o‘zida rossiya sanoati
maxsulotlari uchun realizatsiya qilinadigan tashki bozorga aylandi. Birinchi 
o‘rinda paxtachilikning rivojiga alohida e’tibor berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra,
dastlab paxta maydonlari barcha ekinzorlarining 20-30% idan ortiq bo‘lmagan, 
donli ekinlar esa 50% atrofida edi. Bu tizimni bo‘zish uchun paxtaning narxi
keskin oshirildi va dexqonlar paxta maydonlarini kengaytirdilar. Yanga yerlar 
ochish va sugorish borasida ham anchagina ish olib borildi. Shu davrda
Mirzacho‘lni o‘zlashtirish va u yerlarni asosan paxtachilikka ixtisoslashtirish 
(90% gacha paxta) kuchaydi. Inqilobiy uynagan yana bir xodisa-bu yangi
Amerika-Meksika paxta navining keltirilishi bo‘ldi. Ishlab chiqarish 
munosabatlarida ham anchagina o‘zgarishlar ro‘y berdi, qishloq xo‘jaligida
yangi sinflar-quloqlar, pomeshchiklar paydo bo‘ldi. Oqibatda 1908 yilda paxta 



75


maydonlari 244,7 ming desyatina (desyatina-1,1 ga )dan 1917 yil 425,8 ming)
desyatinaga yetdi (1980 yillarda 2mln. gektarga yetkazildi). Birinchi jaxon 
urushi arafasida 597 ming desyatina yerga paxta eqilgan. Bu barcha
sugoriladigan maydonlarning 20%ni tashqil etgan. 
Rossiya tukimachilik sanoati 1900 yil 16 mln. Pud (1 pud-16 kg) tola
ishlatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1913-14 yillarda 27,7 mln. Pudga yetdi. XIX 
asr oxiri-xx asr boshlarida rossiyada nisbatan rivojlangan bozor tizimi vujudga
kela boshladi. Ishlab chiqarish omillari: kapital, ish kuchi, yer tovarga aylana 
boshladi, bu jarayonlar Turkistonda nisbatan sekinlik bilan ro‘y berdi. Chunki
bu yerda sanoatning faqat uy xunarmandchiligi shakli mavjud bo‘lib, xatto 
manufaktura ham yo‘q edi. Bu yerda yangi tipdagi sanoat korxonalari
(manufakturadan «sakrab» o‘tilib) zavod-fabrikalar, yangi ishlab chiqarish 
munosabatlari (yollanma ishchilar) vujudga kela boshladi. Moliya, bank kredit
tizimlari vujudga keldi. Birinchi jaxon urushiga kadar bu yerda tovar-pul 
munosabatlari, masalan, tovarchilik darajasi ancha yukori edi.
Rossiya imperiyasining Turkistonda olib borgan iqtisodiy va ijtimoiy 
siyosati maxalliy axolini mustamlakachilik asoratida saklash, iqtisodiyotni bir
tomonlama agrar, xomashyo asosi sifatida rijojlantirish maksad qilib kuyildi va 
bunga to‘la erishildi. Pirovard maxsulot ishlab chiqarishga yo‘l berilmadi.
Shunga qaramay, tabiiy ob’ektiv rivojlanish tufayli kapitalistik, feodalizmga 
nisbatan ilgor ishlab chiqarish usullari namoyon bo‘la boshladi; oz bo‘lsa ham,
xususiy, mashinalashgan fabrika-zavod tizimi, yollanma ishchi kuchi, tovar, 
pul munosabatlar, savdo, moliya, kredit va bank muassasalari, agrar sohada esa
yangi sinf vaqillari vujudga keldi. 
X1Xasr oxiri-XX asr boshlaridagi temir yo‘l kurilishi sanoat-savdo
kapitaliga keng imkoniyat yaratdi. 
Shurolar xoqimiyati (1917) dastlabki paytlardan boshlab yetakchi
tarmoqlar: bank, og‘ir sanoat, transport (temir yo‘l), tashki savdoni 
milliylashtirdi, xususiy mulkka, tabirkorlikka qarshi xarakat kuchaydi, bozor
munosabatlarini 
imkoni
boricha

bugish
eng

asosiy
vazifa

qilib
belgilandi.sotsialistik deb atalgan iqtisodiyotni yaratish xarakati boshlandi. 


Og‘ir iqtisodiy vaziyat sharoitida «xarbiy kommunizm» siyosati amalga
oshirildi. Bunda ishlab chiqarish va taksimot o‘stidan to‘la davlat nazorati 
urnatildi (kartochka tizimi joriy qilindi), qishloqlarda «oziq - ovqat
razvertkasi» joriy etildi. Ishlab chiqarishdan manfaatdorlik tugatildi, 
hammaning ishlashi majbur qilindi, savdo amalda bekor qilindi. Xarbiy rejim
urnatildi va amalda bozor munosabatlariga bolta urildi. Ishlab chiqarish keskin 
kiskardi. Xo‘jalikning naturallashuvi kuchaydi, superinflyasiya yuz berdi.
Shunisi xarakterliki, Turkistondagi dastlabki o‘zgarishlar, markazdan farqli 
o‘ziga xos ravishda amalga oshdi. Masalan, «yer xaqidagi dekret» faqat 20-




76


yillarda realizatsiya qilindi. Oziq-ovqat razvertkasi markazdagidan yengilrok
amalga oshirildi. Xususiy savdoni ham tugatishga erishilmadi, ya’ni tovar-pul 
munosabatlari saqlandi. «Xarbiy kommunistik» tajriba inkirozga uchradi. 1918
yil rsfsr tarkibida Turkiston avtonom respublikasi tuzildi. 1920 yilda mustaqil 
xorazm va buxoro xalq respublikalari tashqil etildi. 1924-25 yillarda milliy
davlat chegaralanishi tufayli SSSR (1922 yil) tarkibida O‘zbekiston SSR 
(Tojikiston ASSR 1929 yilgacha O‘ZSSR tarkibida bo‘ldi, Xorazm va Buxoro
respublikalari tugatildi, 1932 yilda Qorakalpogiston ASSR O‘zbekiston 
tarkibiga kirdi).
Ana shunday muammolar ichida iqtisodiyot xal qiluvchi o‘rinni egallar 
edi, chunki mamlakat og‘ir axvolda qoldi. Ayniqsa yer masalasini xal etish
muxim bo‘ldi, u ikki boskichda utdi. 
1921-22 yillarda birinchi boskichda maxalliy axoli bilan kuchib kelgan
yevropaliklar o‘rtasidagi farq tugatildi.
1925-29 yillarda ikkinchi boskichda barcha yerlar dexqonlarga bo‘lib
berildi dexqonlar yer egasiga aylandi. Ammo keyin yer tortib olindi va 
majburiy qollektivizatsiya utkazildi.
Og‘ir axvoldan chikish uchun kapitalistik bozor munosabatlaridan 
foydalanishga to‘g‘ri keldi va bu prinsip amalda o‘zini oqladi.

Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin