Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


 Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə27/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

5. Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi. 

Shu davrdagi AQSh dagi bilimlar to‘g‘risida fikr yuritmadi, chunki


bunday g‘oyalar faqat x1x asr oxirida vujudga keldi. 
XIX asrning oxirlari (sunggi 35 yili) da AQSh monopolistik rivojlanish
boskichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko‘payib bordi, (masalan, 
1% monopoliyalar qulida 60 % boylik tuplandi).
Iqtisodiyotda ularning tanxo xukmronligi kuchayib bordi. Qolumbiya 
dorilfununining professori jon beyts klark (1847-1938) boshchiligidagi
yetakchi iqtisodchilar guruxi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavkeini egalladi



49


mana shu gurux siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu
davrdan AQSh iqtisodichilarining tadqiqotlari jaxon bo‘yicha yetakchidir 
(Nobel mukofotlari sovrindoriga e’tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik
falsafasi» (1886), «Boylikning taksimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning 
muxim belgilari» (1907) asarlari o‘ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab
chikishda katta rol uynaydi. Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu 
konsepsiyalarni o‘ziga kurol qilib oldi. J.B.Klark Amerika iqtisodiy
uyushmasini tuzish (1885) ilxomchilardan biri bo‘ldi. U mexnatkashlarning 
kisuviga zarba berish maksadida kapitalning ekspluatatorlik mohiyatini
nikoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi. 
Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga
ustunligini ko‘rsatish masalari yetakchidir. 
Klark iqtisodiyotda ma’naviy omillarni xal qiluvchi omillar deb xisoblab,
avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga kushiladi. U ishlab 
chiqarish munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy xarakterda
bo‘lib o‘zining korishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark 
taksimotni siyosiy iqtisodning asosiy maksadi deb bildi. U «Boylikning
taksimlanishi» asarida ijtimoiy daromadning taksimlanishi mojarolarsiz amal 
qiladigan va ishlab chiqarishning xar bir omiliga o‘zi yaratgan boylik yigindisi
beradigan tabiiy qonun vositasi bilan boshqariladi, deb isbotlashga o‘rindi. 
J.klark avvalgi iqtisodiy bilimlarni metodologik va nazariy jixatdan
yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga 
uxshatib siyosiy iqtisodni uch bo‘limga:
1) universal iqtisodiyotga, 
2) iqtisodiy statikaga va
3) iqtisodiy dinamikaga bo‘ldi. 
Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning
statik (xarakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish xolatidagi
qonunlar amal qilishini ko‘rsatadi.
Siyosiy iqtisodni bunday bo‘limlarga bo‘lish, iqtisodiy fan vazifalariga 
yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan
xoli qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‘nalishga 
e’tibor bering).
Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‘lishi 
mumkin emas, deb xisoblaydi. U mutadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy
xolati deb xisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini 
rivojlantiradi. Iqtisodiy dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muxim yangilik
bo‘ldi, chunki u iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi xolatini jo‘z’iy xodisa deb 
xisoblaydi.




50


J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‘l kuygan
kamchiliklardan kat’iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta 
ahamiyatga egadir.
Avstriya va kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim 
korxonalar tajribasida qullanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‘zgacha, ya’ni
makroiqtisodiyotni o‘rganishga olib kirishga xarakat qildi. Ijtimoiy mexnat, 
ijtimoiy kapital va befarqlik zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek,
«Eng yukori unumdorlik» nazariyasida qullanilgan ilmiy taxlil va 
tushunchalarni xozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu
esa Amerika maktabining yuksak ilmiy ahamiyatini belgilaydi. 



Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin