Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


- Mavzu. Jaxon xo‘jaligi tug‘risidagi iqtisodiy bilimlar



Yüklə 438,5 Kb.
səhifə38/48
tarix19.12.2023
ölçüsü438,5 Kb.
#185536
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
«sanoat marketingi» kafedrasi-hozir.org

9- Mavzu. Jaxon xo‘jaligi tug‘risidagi iqtisodiy bilimlar

Reja 

1.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga oid nazariyalar. 


2.Xalqaro kapital xarakati va investitsiyalarga oid nazariyalar.
3.Xalqaro valyuta munosabatlari. 
4.Jaxonshumul iqtisodiy muammolar.
5. Xulosa. 


Tayanch ibora va tushunchalar. 
"Xalqaro mexnat taksimoti"; jaxon bozori to‘g‘risidagi "sof" ta’limot; 
ishlab chiqarish omillarining xalqaro taksimoti; kapital chiqarishning
neokeynschilik ta’limoti (F.Maxlup, B. Domar, R.Xarrod); "noiloj" rivojlanish 
va tashki "turtki" nazariyalari; "solishtirma chikimlar" nazariyasi; insoniy
rivojlanish konsepsiyasi; insoniy rivojlanish indeksi; umrbokiylik, ta’lim va 
yashash darajalari.
1.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga oid nazariyalar. 
Jaxon xo‘jaligi deganda, kiskacha ma’noda, iqtisodiy munosabatlarni
milliy davlatlar mikyosiga nisbatan kengrok doirada tadqiq etish tushuniladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi integratsion jarayonlar
sifatida namoyon bo‘ldi. "Benilyuks"(1944) "Umumiy bozor" (1957), 
Xozirgi Yevropa ittifoki, "Evropa iqtisodiy hamjamiyati" (1957),
OPEK(1960), Xalqaro valyuta fondi (1945), Jaxon banki(1946) kabi xalqaro 
iqtisodiy integratsiyaning maxsus tashqilotlari mavjud.
Savdo-sotik munosabatlari xalqaro iqtisodiy integratsiyaning 
dastlabki keng tus olgan sohasidir. D.Rikardo (1772-1823) ning "Nisbiy
afzallik" va "Solishtirma chikim" nazariyalarida xalqaro mexnat taksimotining 
ob’ektiv zarurligi birinchi marta ishlab chiqilgan. Unda savdo o‘zaro foyda
keltirishi ko‘rsatilgan.
Keyinchalik xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha neoklassik (sof ta’limot)
va neokeynschilik (davlat aralashuvi mavjud) nazariyalari keng tarkalgan. 
Iqtisodiy integratsiyaga oid bilimlarda "bojxona ittifoki" masalasiga katta
e’tibor beriladi. Bunda o‘zaro savdo – sotik munosabatlarida to‘la erkinlik va 
xar qanday cheklashlar bekor qilinishi, "Uchinchi mamlakatlar" uchun esa
yagona bojxona tarifi joriy qilish zarurligi kayd etilgan. Xalqaro integratsiya 
jarayonini B.Belash(AQSh) va V.Rebke (Shveysariya) kabi iqtisodchilar ideal
erkin bozor munosabatlariga kaytish shaklida qaraydilar,ya’ni barcha tusiklar 
olib tashlanishi, tovar pul, transport, ishchi kuchi va boshqalarning
mamlakatlararo erkin xarakati ta’minlanishi kerak. 



69


Ch.P.Kindleberger (AQSh), P.Stritin (Angliya), A.Marshall va
F.Perru (Fransiya) larning fikricha, "Bojxona ittifoki"ning kapitallarga qarshi 
siyosati yirik korporatsiyalarning salbiy tomonlarini neytralizatsiya qilishni,
xalqaro integratsiyada antimonopol yo‘nalishni ta’minlaydi. 
Klassik va neoklassiklar fikricha, jaxon bozorida "Mukammal
raqobat" mavjud: barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyatlarga
ega, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdoda balansi o‘zini-o‘zi tartibga
soladi,uzoq muddatli rejalarda savdo sharoitlari industrial davlatlar ziyoniga 
va agrar davlatlar foydasiga o‘zgaradi, xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar
xom ashyo yo‘nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashki savdo pozitsiyasi 
yaxshilashuviga olib keladi.
Neokeynschilik ta’limoti vaqillarining fikricha, xar bir mamlakatda 
mexnat va kapital bilan bandlikning to‘la emasligi ichki bozorda ko‘proq
ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi. Bu esa ko‘proq eksport hamda kamroq 
import qilishda uchraydi.
Natijada, xalqaro savdo o‘zini -o‘zi tartibga soluvchi jarayon bo‘la 
olmaydi. Ayni paytda davlatning faol aralashuvi kerak bo‘ladi. Ya’ni tovar
eksportini kapital chiqarish bilan rakbatlantirish, importni esa, proteksionistik 
choralar bilan cheklanishini zarur qilib kuyadi.
"Ishlab chiqarish omillarining xalqaro taksimoti" nazariyasi
asoschilari (E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), Samuelson (AQSh) fikricha, xar bir
mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari(kapital,ishchi kuchi,er) bilan bir 
xil ta’minlanmaganligi, xar bir omilning turlicha baxoga egaligini keltirib
chiqaradi. Ayrim mamlakatlarda mexnat asosiy omil (boshqasidan son jixatdan 
ko‘p) bo‘lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baxolanadi: kapital
mul bo‘lgan mamlakatda, u boshqa ikki ishlab chiqarish (ishchi kuchi,er) 
omiliga nisbatan arzon bo‘ladi. Xar bir mamlakat o‘zining nisbiy ustunligini
realizatsiya qilishga intiladi, jaxon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan 
arzon bo‘lgan yo‘l bilan tayyorlangan tovar ko‘proq chiqariladi.
Bu nazariyani ishlab chiqarish chikim (xarajat)larini mutloqlashtiradi 
va xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Jaxon savdosi esa
uygun jarayon deb qaraladi. 
"Maxsulotning xayot sikli" nazariyasi mualliflari (G.Xofbauer,
R.Vernon va M.Pozner va boshqalar) ning fikricha, sanoatda paydo
bo‘ladigan texnologik jixatdan xar bir yangi maxsulot 1) Kirish, 2)Ekstensiv
o‘sish, 3)Sekinlashuv va 4)Tugash siklini utadi. Bunday ketma-ketlik ishlab 
chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to‘g‘ri
keladi. AQSh shunday namunaviy texnologik jarayonga misol sifatida 
qaraladi.




70


Iqtisodiy inflyasiya oldini olish oqibatlari kuyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishning doimo o‘sishi va iqtisodiy inkirozning bo‘lmasligi 
ta’minlanadi; iqtisodiyotning o‘sishi axoli turmush darajasi ko‘tarilishi
o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik rivojlanadi; mamlakatlar o‘rtasida nifoqlar 
tugatiladi.

Yüklə 438,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin