"tasdiqlayman"


Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi



Yüklə 339,86 Kb.
səhifə10/20
tarix24.03.2022
ölçüsü339,86 Kb.
#54093
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
12-1- Пед. Кенгашa2

Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi

Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.



Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etildi.Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.


Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.

3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (bundan buyon matnda hududiy bo‘lim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini saylash;

tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib boriladi.

4. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek tashkilotning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.


Yüklə 339,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin