Tatu samarqand filiali



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/16
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#133573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Oddiy differensial tenglamalarni maple va mathcad matematik pake

KIRISH




Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asarida “…korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish” inqirozga qarshi choralardan biri sifatida ko‟rsatilgan [1]. Prezidentimiz I.A.Karimovning «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‟-e‟tibori, avvalambor farzandlarimizning o‟nib-o‟sib, ulg‟ayib, qanday inson bo‟lib hayotga kirib borishiga bog‟liqdir. Biz bunday o‟tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak» degan oqilona gaplariga amal qilmog‟imiz lozim. Bu vazifalarni zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tadbiqisiz bajarish mumkin emas. Ilmiy asoslangan rejalar tuzish, ularni amaliyotga joriy etish eng ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi [2, 3]. Prezidentimizning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” to„g„risidagi farmonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini oshirish yo`nalishlari belgilab berilgan [4, 5].
Mavzuning dolzarbligi. Kompyuterning qo‟llanilish sohalaridan biri mexanik jarayonlarni va ob‟ektlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash matematikasi usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda mexanik jarayonlar va ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishning mavzusi ham hisoblash matematikasi va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarda qo‟llanilishiga bog`liq bo‟lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir [6, 14].
Hozirgi kunda fan-texnika rivojlanib borgan sari matematika va konpyuterning o‟rni ortib bormoqda. Shu jumladan matematikadan fizika, mexanika, biologiya, kimyo va astronomiya hamda iqtisodiy masalalarni yechishda, mexanik jarayonlarni tahlil etishda va boshqa ko‟p sohalarda foydalaniladi. Bu sohalardagi jarayonlarning matematik modeli oddiy differensial tenglamalar nomi bilan yuritiladi.
Ushbu ishda oddiy differensial tenglamani Maple va Mathcad dasturlari yordamida analitik va taqribiy yechish masalasi qaraladi. Quyida masalaning qo‟yilishi va uni yechishning ketma-ket algoritmi keltirilgan. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun zarur bo‟lgan hisoblash usullari tavsiflanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin