Atrof muhit – ijtimoiy konflikt strukturasidagi elementlardan biridir. U jismoniy muhit - geografik, iqlim, ekologik va boshqa omillardan hamda ijtimoiy muhit, yoki konflikt rivojlanayotgan ma’lum ijtimoiy sharoitlardan iboratdir.
Ob’yekt konfliktning zarur elementidir, ya’ni ma’lum sabab, motivasiya, konfliktni harakatlantiruvchi kuch.
Barcha ob’yektlar uch turga bo‘linadi:
Qismlarga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan ob’yektlar, uni kim bilandir hamkorlikda egallash mumkin emas.
Konflikt ishtirokchilari o‘rtasida turli proporsiyalarda bo‘linishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar.
Ikkala ishtirokchi ham hamkorlikda egalik qilishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar. Bu “soxta konflikt” holatidir.
Ma’lum konfliktning ob’yektini aniqlash oson emasdir.
Konfliktning sub’yekt va ishtirokchilari o‘zlarining real yoki soxta maqsadlarini ko‘zlab, o‘zlarini qarama-qarshi ko`rashga chorlagan haqiqiy motivlarni yashirishlari, niqoblashlari, almashtirishlari mumkin.
Masalan, siyosiy ko`rashda jamiyatdagi real hokimlik konfliktning ob’yekti bo‘lib hisoblanadi, ammo siyosiy ko`rashdagi sub’yektlarning har biri ma’lum farovonlikka erishishga bo‘lgan intilishni o‘zining konfliktli faolligining bosh motivi qilib ko‘rsatishga harakat qilishadi.
Sud amaliyotida, agarda himoya ayblanuvchini o‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida qotillikni amalga oshirganini isbotlasa, unda sud ayblanuvchini oqlashi mumkin.
Asosiy ob’yektni aniqlash – har qanday konfliktni samarali hal qilishning zarur shartidir.
Konfliktlar ijobiy va shu bilan birga salbiy vazifalarni bajaradi. Konflikt oqibatlarini sub’yekti va ob’yektiv baholash mavjud. Konfliktlarning ijobiy yoki negativ ta’siri ijtimoiy tizim bilan belgilanadi.
Konfliktning ijobiy vazifasi ochiq ijtimoiy strukturalar uchun xarakterlidir. Bunday vazifalarga quyidagilar tegishlidir:
konflikt qarama-qarshiliklarni ochadi va hal qiladi, shu bilan birga u jamiyat rivojlanishiga imkon beradi. O‘z vaqtida aniqlanib, hal qilingan konflikt og‘ir oqibatlarga olib keluvchi yanada jiddiyroq konfliktlarning oldini olishga yordam beradi;
ochiq jamiyatda konflikt guruhlararo va guruh ichidagi munosabatlarni stabilizasiya va integrasiyasi vazifasini bajaradi, ijtimoiy zo‘riqishni pasaytiradi;
konflikt aloqa va munosabatlarni bir necha marotaba ko‘paytiradi, ijtimoiy jarayonlarni stimullaydi, jamiyatga dinamiklik ato etadi, ijodni va innovasiyalarni rag‘batlantiradi, jamiyat progressiga yordam beradi;
konflikt ijtimoiy atrof-muhit haqida axborot olishga, raqiblarning kuch omillarini solishtirishga yordam beradi;
tashqi konflikt guruhichra integrasiya va identifikasiyaga imkon beradi, guruh, millat, jamiyatning, birdamligini mustahkamlaydi, ichki resurslarni mobilizasiya qiladi. U do‘st va ittifoqchilarni topishga yordam beradi, dushmanlarni aniqlaydi;
Ichki konfliktlar (guruh, tashkilot, jamiyatdagi) quyidagi vazifalarni bajaraddi:
kuchlar (hokimiyat) balansini yaratish va ushlub turish;
umum qabul qilingan me’yor, qoida, qadriyatlarning amal qilinishini ijtimoiy kontrol qilish;
yangi ijtimoiy me’yor va institutlarni yaratish, mavjudlarini yaratish;
individ va guruhlarning adaptasiyasi va ijtimoiylashuvi;
guruhlarning hosil bo‘lishi, guruhlarning me’yoriy va jismoniy chegaralarini o‘rnatish va mustahkamlash;
guruh ichida va guruhlararo munosabatlarni nisbatan muqim tarkibini o‘rnatish va mustahkamlash;
guruh va jamiyatdagi norasmiy iyerarxiyani o‘rnatish, va shu bilan birga norasmiy liderlarni aniqlash;
konflikt ishtirokchilarning pozisiyalarini, qiziqishlarini va maqsadlarini aniqlaydi va shu bilan birga muammoni me’yorda hal etish imkonini beradi.
Ochiq ijtimoiy tizimda konflikt o‘z vaqtida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklarni aniqlab va ijtimoiy tarkibni bir butunlikda asrab, “saqlovchi klapan” rolini bajaradi.
Konfliktning negativ vazifasi quyidagi holatlarda aniqlanadi:
tartibsizlik va nomutanosiblikka olib borsa;
jamiyat tinchlik va tartibni saqlay olmasa;
ko`rash zo‘ravonlik uslubi bilan olib borilsa;
konflikt oqibatida kattagina moddiy va ruhiy yo‘qotishlar ro‘y bersa;