Ijtimoiy konflikt – bu ijtimoiy o‘zaro ta’sir ikki va undan ko‘proq sub’yekt va ishtirokchilarining ochiqchasiga ko`rashi, to‘qnashuvidir. Bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan talablar, qiziqishlar va qadriyatlar ularning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy konfilktlarni kelib chiqishi sabablari; moddiy resurslar;
hayot uchun axamiyatli ustanovkalar;
xokimlik buyruqlari;
statusli rolli farqlar;
shaxsga oid psixik xususiyatlarga oid farqlar va boshqalar.
Ijtimoiy nizolarning asosida tomonlarning kizikishlarini bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, ehtiyojga arziydigan narsalarning ustunturishi va barchasi qarama-qarshiliklarning ochiqchasiga ko`rashishi natijasidir. Ijtimoiy konfliktlar har qanday ijtimoiy strukturada ob’yektiv muqarrardir. Ijtimoiy konflikt – ijtimoiy rivojlanishning zarur shartidir.
Jamiyatning ishlash jarayoni konflikt va konsensuslardan, murosa va qarama-qarshiliklardan iboratdir. Ijtimoiy struktura konfliktlarning manbai bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy struktura – bu turli sinflarning, ijtimoiy qatlamlarning, guruhlarning va alohida individualliklarning keskin tabaqalanishidir.
Ijtimoiy struktura tabaqalangan jamiyatdan iboratdir. U qoidaga ko‘ra erkinlikning, plyuralizmning, bir-biriga qarama-qarshi qiziqishlarning, maqsadlarning, qadriyatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Mana shular potensial konfliktlarning manbai bo‘lib hisoblanadi.
Ammo, shu bilan birga, murakkab ijtimoiy struktura konfliktlarni samarali hal qiluvchi mexanizmga ham egadir.
Ob’yekt konfliktning zarur elementidir, ya’ni ma’lum sabab, motivasiya, konfliktni harakatlantiruvchi kuch.
Barcha ob’yektlar uch turga bo‘linadi:
Qismlarga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan ob’yektlar, uni kim bilandir hamkorlikda egallash mumkin emas.
Konflikt ishtirokchilari o‘rtasida turli proporsiyalarda bo‘linishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar.
Ikkala ishtirokchi ham hamkorlikda egalik qilishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar. Bu “soxta konflikt” holatidir.
Ma’lum konfliktning ob’yektini aniqlash oson emasdir.
Konfliktning sub’yekt va ishtirokchilari o‘zlarining real yoki soxta maqsadlarini ko‘zlab, o‘zlarini qarama-qarshi ko`rashga chorlagan haqiqiy motivlarni yashirishlari, niqoblashlari, almashtirishlari mumkin.
Masalan, siyosiy ko`rashda jamiyatdagi real hokimlik konfliktning ob’yekti bo‘lib hisoblanadi, ammo siyosiy ko`rashdagi sub’yektlarning har biri ma’lum farovonlikka erishishga bo‘lgan intilishni o‘zining konfliktli faolligining bosh motivi qilib ko‘rsatishga harakat qilishadi.
Sud amaliyotida, agarda himoya ayblanuvchini o‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida qotillikni amalga oshirganini isbotlasa, unda sud ayblanuvchini oqlashi mumkin.
Asosiy ob’yektni aniqlash – har qanday konfliktni samarali hal qilishning zarur shartidir.