Rejani ishlarning mushkulidan osoniga, uzoq muddatlisidan qisqa muddatlisiga
qarab tuzing. Har bir vazifaga muayyan vaqt belgilang.
Biror narsaga kirishishdan oldin 10/90 qoidasini yodda tuting: rejalashtirishga
sarflangan 10 foiz vaqt vazifani bajarishda 90 foiz vaqtni iqtisod qilishga yordam
beradi.
Eng asosiysi – asosiyni belgilash Taym-menejmentning vazifasi o‘z vaqtida eng
asosiy ishni aniqlab olishdir. Ro‘yxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan
keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan bo‘lishi lozim.
Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati
qanday bo‘lishini baholang. O‘z vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy
oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Ishlarni muhimligi jihatidan ro‘yxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A
harfining ro‘parasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan
sal kamroq bo‘lganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan
ish.