Endi nazarimizni sobiq ittifoq tarkibidagi hozirgi kunda mustaqillikka erishgan davlatlarning taraqqiyotiga qarataylik. Har qaysisining rivojlanish darajasi, rivojlanish yo'li o'zgacha -bu tabiiy hol. Lekin bu rivojlanishning natijasi-chi? Masalaning mohiyati ham xuddi mana shundadir. WWW.ARXIV.UZ
Ma'lumki, sobiq ittifoq tarkibidagi barcha davlatlarga bir xil meros qolgan - totalitar tuzum! Totalitar tuzumdan-huquqiy davlatga o'tish - bir zumda amalga oshadigan ish emas, biz o'ylagandan ancha murakkabroq, insondan anchalar aql talab etadigan jarayondir, ya'ni: Juda murakkab, ko'p qirrali, ayni paytda izchillikni taqozo etadigan ijtimoiy xodisa. Eng avvalo millat ravnaqini ta'minlash, xurfikrlilik, sog'lom tushunchalar, yuksak siyosiy madaniyat taqozo etadigan jarayon. Eng muhimi, xalq demokratiyani chuqur tushunishi, uning butun mazmun - mohiyatini anglashi zarur. Yuqoridagi uch eng muhim vazifalarni jamlab xulosa chiqaradigan bo'lsak, O'zbekistonning bu boradagi siyosati - «yangisini qurmay, eskisini buzmaslik», islohotlarni «bosqichma - bosqich» amalga oshirish shiori ostida olib borilmoqda. WWW.ARXIV.UZ
WWW.ARXIV.UZ
Prezident I.A.Karimov ushbu masalaga mamlakat va xalq manfaatidan kelib chiqib yondashmoqda. Bu yo'lda u ma'lum darajada qatiqqo'llik va talabchanlik ham qilmoqda. Buni «Komsomolskaya Pravda» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida ochiq-oydin aytdi: «Muholiflarim meni diktator qilib ko'rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman: ehtimol mening