parlamentar -respublika, Fransiyada dualistik -respublika shakllari mavjud. WWW.ARXIV.UZ
Nega bunday ? Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy qadriyatlar har bir davlat demokratiyasiga, davlat boshqaruviga zamin bo'lishi kerak. Misol uchun, Buyuk Britaniyada monarxiya boshqaruv tizimi saqlab qolingan, hozirgi davrda Kirolicha davlat rahbari, lordlar palatasi milliy davlatchilik an'analaridan meros tarzda saqlab qolingan, yagona sistemalashtirilgan konstitusiya yo'q. AKShda atiga 6 ta moddadan iborat bo'lgan 1787 yilda qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi sifatida saqlanib qolingan. 26 ta qo'shimcha va o'zgartishlar bilan hozirgi kunda ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun xos bo'lgan maxsus konstitusion organi yuq. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlatlar ichida faqat AKShdagina Prezident bevosita saylovchilar tomonidan saylab qo'yilmasdan, balki saylovchilarning maxsus kollegiyasi orqali saylanadi. Yaponiyada imperatorga xalqning sadoqati juda kuchli. Imperator hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan olingan(A.Azizxujayev .., 81-82 betlar.). O'zbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an'analarga katta e'tibor berildi. Endi O'zbekistonda davlat boshqaruvi masalasiga to'xtalsak. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11 moddasi: «O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi» (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-Toshkent: O'zbekiston,1992 yil.),-deyiladi. Konstitusiya mazmunidan ko'rinib turibdiki, davlat