harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda. Ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o'tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to'kilishiga va qarama-qarshilikka yo'l qo'ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo'lishi zarur. Bu yo'lda men jonimni fido qilishga tayyorman»( A. Azizxo'jayev. Davlatchilik va ma'naviyat.-Toshkent: Sharq, 1997,-B.17). Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining ming yillardagi an'analari mustamlakachilik yillarida batamom inkor etilgan edi. O'zbekiston rahbariyati tarixiy an'analarga, dunyo tajribalariga, ulkaning milliy -tarixiy rivojlanishiga, uning o'ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo'llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikki vazifa: Eski ma'muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari. Huquqiy davlatga o'tishning ilk bosqichi - davlat qurilishining kafolati - O'zbekiston Konstitusiyasidir. O'zbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi ilg'or boshqaruv tajribalari o'rganib chiqildi. Hamda eng asosiysi - milliy davlatchiligimiz an'analariga sodiq qolindi. Jahondagi turli davlatlarda davlat boshqaruvi shakli turlicha. Masalan, AKShda boshqaruvning prezidentlik - respublika shakli, Buyuk Britaniyada parlamentar-monarxiya, Germaniyada