Ma'naviy merosimizni bir bo'lagi - diniy qadriyatlarga ham alohida e'tibor berildi. 1992 yili Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayiti kunlarini umumxalq bayrami deb e'lon qilindi, «Haj» safarlari tiklandi. Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri - «Navro'z» - umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. Biz nimani quramiz, qayoqqa qarab ketayapmiz ? Ana shu narsalarni milliy mafkura belgilab beradi. 1. Mustaqillik g'oyasi, mafkurasining xalqimizga to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg'unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib Prezidentimiz I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki kunlarida, 1993 yil 6 may O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq XII sessiyasida "Oldimizda turgan eng asosiy masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir", -degan edi. 2. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni -xalq, millatni -millat qilishga xizmat etsin». (Prezident I.A.Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblaridan. 1998 yil). - Siz mafkura deganda nimani tushunasiz? Jamiyat faoliyatida, xususan, O'zbekistonnning bugungi hayotida mafkura qanday o'rin tutadi? Javob: Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo'lmasa odam, jamiyat, davlat o'z yo'lini yo'qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bo'shliq vujudga kelsa, o'sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi tayin. Buning isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan ko'plab misollar keltirish qiyin emas» (Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: Sharq, 1999.B. 32). WWW.ARXIV.UZ